Explanatory dictionary
yetmoq
етмоқ
Meanings
- Yurib, yoʻnalib, maʼlum bir yerga, joyga, manzilga borib olmoq.
- Quvib, tenglashib olmoq.
- Joʻnatilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi biror joyga bormoq (ovoza, gap, xat-xabar va shu kabilar haqida).
- Boʻy, hajm, miqsor, daraja jihatidan boshqasiga teng boʻlmoq, tenglashmoq, barobar kelmoq.
- Taʼmin etadigan, kifoya kiladigan miqdorda boʻlmoq.
- Muvaffaq, muyassar boʻlmoq; erishmoq.
- Kifoya qilmoq.
- Maʼlum bir yoshgacha yashab bormoq, umr koʻrmoq.
- Kelmoq; boshlanmoq.
- Talab, meʼyor darajasida boʻlmoq.
- Yetakchi feʼldagi harakatning oxirigacha, tugal bajarilishi maʼnosini bildiradi.
- Aqli yetmoq - aql.Boshiga yetmoq - bosh.Boshi koʻkka (yoki osmonga) yetmoq - bosh.Boʻyi(ga) yetmoq - boʻy.Koʻzi yetmoq - koʻz.Nima yetsin - hech narsa teng kelolmaydigan ish, narsa va shu kabilar haqida aytiladigan ibora.
Examples
- Haydar ota Koʻtarmaga xuftondan keyin yetdi. — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Eshik oldiga yetganida, negadir oʻzining ham oʻsha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Oshiqmagan quyonga yetibdi. — Maqol
- Qistasa ham, yetolmaydi bedovlar. — "Malikai ayyor"
- Bu xabar bizgacha yetib keldi. Bu gap uning qulogʻiga yetmasin.
- Hay deganda, haqqa yetgay nolishim. — "Malikai ayyor"
- Devor oʻlguday baland-da, boʻyi yetmadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Borakallo, goʻsht toʻgʻrashda senga yetadigani yoʻq.. — Komil Yashin — Hamza
- Joy hammaga yetadi.
- Oz boʻlsa yetar, koʻp boʻlsa ketar. — Maqol
- Qandoq qilay, oʻrtoqjon, boshqa ishlarni yigʻishtiray desam, oylik yetmaydi. — Abdulla Qahhor — Qanotsiz chittak
- Saroydan tushadigan hadyalarni bir oy toʻplaganda, toʻrt qadoq etga yetmaydi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Yaxshi bilan yurdim - yetdim murodga, yomon bilan yurdim - qoldim uyatga. — Maqol
- Qani endi, dunyoda vafo boʻlsa, har kim tilagiga yetsa. — Abdulla Qahhor — Shohi soʻzana
- Onang bechoraga otangdan ikkita sagʻir bilan qolib, koʻrgan kunlari ham yetadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Qoʻy endi, oʻzimning qiynalayotganim ham yetadi. — Nazir Safarov — Sharq tongi
- Otam saksonga yetdi. m
- Oltmish toʻrt yoigga yetdim, oʻgʻlim-qizim boʻlmadi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Vaqti yetdi. Kuni yetdi.
- Kunlar oʻtdi, vaʼdaning muddati yetdi. — U. Ismoilov — Saylanma
- Qilichning ishlovi yetgan, Tekkan omon qol-masin deb, Zaharning suvini yalatgan. — "Malikai ayyor"
- Yoʻq, hali anglab yetganingizcha yoʻq. — Nazir Safarov — Uygʻonish
- Ota-onasiga oʻz soʻzini oʻtkazishga Saidiy ishonib yetmadi. — Abdulla Qahhor — Sarob
- Ehe, kitob oʻqishga nima yetsin. — Parda Tursun — OʻqituvchiOgʻzi qulogʻiga yetdi - ogʻiz.Pichoq suyakka yetdi - suyak.Tagiga yetmoq - tag.Qoʻli yetmoq - qoʻl.
Source: Wiktionary
Views: 0