ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

yetmoq

етмоқ

Ma’nolari

  1. Yurib, yoʻnalib, maʼlum bir yerga, joyga, manzilga borib olmoq.
  2. Quvib, tenglashib olmoq.
  3. Joʻnatilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi biror joyga bormoq (ovoza, gap, xat-xabar va shu kabilar haqida).
  4. Boʻy, hajm, miqsor, daraja jihatidan boshqasiga teng boʻlmoq, tenglashmoq, barobar kelmoq.
  5. Taʼmin etadigan, kifoya kiladigan miqdorda boʻlmoq.
  6. Muvaffaq, muyassar boʻlmoq; erishmoq.
  7. Kifoya qilmoq.
  8. Maʼlum bir yoshgacha yashab bormoq, umr koʻrmoq.
  9. Kelmoq; boshlanmoq.
  10. Talab, meʼyor darajasida boʻlmoq.
  11. Yetakchi feʼldagi harakatning oxirigacha, tugal bajarilishi maʼnosini bildiradi.
  12. Aqli yetmoq - aql.Boshiga yetmoq - bosh.Boshi koʻkka (yoki osmonga) yetmoq - bosh.Boʻyi(ga) yetmoq - boʻy.Koʻzi yetmoq - koʻz.Nima yetsin - hech narsa teng kelolmaydigan ish, narsa va shu kabilar haqida aytiladigan ibora.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish