Explanatory dictionary
yiroq
йироқ
Meanings
- Oraliq masofasi katta, uzoq, olis.
- Chiqish kelishigidagi soʻz bilan qoʻlla-nib, kishi yoki narsada shu soʻz bildirgan narsaning yoʻkdigi, da\li yoʻqligi, aloqa-sizligi maʼnosini ifodalaydi.
- Koʻzdan yiroq Koʻrinmaydigan holatda, koʻzdan pana.
Examples
- Yiroq oʻlkalarda kezardi sayyoh, Kezardi yurtiga koʻzini tikib. — Abdulla Oripov
- Unga [Maryamga] bir yarim ming soʻm pul kerak, shuni topadi, soʻngra yiroq bir mamlakatga ketadi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz
- Fandan yiroq odamlar ulardan ajabtovur gaplar, mulohazali fikrlar kutadilar. — Gazetadan.
- Dunyoda muhabbatdan yiroq hislarning, Yi-roq tuygʻularning oʻlgani yaxshi. — Q. Rahimboye-va.
- Bir tundayoq yetishdi ozod oʻlkaga. Jabr, zulmdan yiroq obod oʻlkaga. — Gʻayratiy.
- Qalliqlar odamlarning koʻzi-dan yiroqda yashirincha uchrashib yurar edilar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar. Osmon yiroq (yoki uzoq), yer qattiq Hayot (turmush)dagi chorasiz holatni, ilojsizlikni ifodalaydi.
- ..lekin odamzod joniga tekkan narsadan qutulish yoʻlini bilmasa, osmon yiroq, yer qattiq boʻladi, unga koʻnikadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Source: Wiktionary
Views: 0