Explanatory dictionary
yugurmoq
югурмоқ
Meanings
- Irgʻishlab, biror yoʻnalishda tez harakat qilmoq; chopmoq.
- sprt. Yugurish bilan shugʻullanmoq; yugurishda qatnashmoq.
- Biror ish yoki maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilmoq; harakatida boʻlmoq, urinmoq.
- Biror joy, tomonga oshigʻich, tez harakatda boʻlmoq, yoʻl olmoq.
- Tezlik bilan harakatlanmoq (suv, shamol kabilarning harakati haqida).
- Paydo boʻlmoq, namoyon boʻlmoq, koʻrinmoq (biror xususiyat, belgi, xolat va shu kabilar haqida).
Examples
- Bor kuchi bilan yugurmoq. Bola yugurib, tepalikka chiqdi.
- Shu mahal bir toʻda bola chugʻurlashib, guzar tomonga yugurib ketdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Gulnor bilan Unsin tanchada oʻtirib, bir-biriga mehribon egachi-singilday soʻzlasharkan, bolalardan biri yugurib keldi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qayerdadir muzika yangrar, maydon chetidagi yoʻlkalarda maykachan qizlar yugurishardi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Oʻqishning ketidan yugurmoq. Yugurganniki emas, buyurganniki. — Maqol
- Rais Umurzoq otaga oʻxshash obroʻli, tajribakor paxtakorlarni qoʻlga olish niyatida ozmuncha yugurmadi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Bugun Gavharning telegrammasini olish bilan vokzalga yugurdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Bu Otabekni Toshkentdan uylantirib, boshini bogʻlamasak, kun sayin uning Margʻilon yugurishidan qutula olmasmiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qishloq oʻrtasidan oʻtadigan ikki soy toshlardan toshlarga urilib, koʻpirib, uzoq paxta dalalariga qarab yuguradi. — Mirmuhsin — Hamzaobodda
- Mirzachoʻlning och bagʻriga Yugurganda Sirdaryo Oʻylaganmi edi shunday Chamanlar yaratishni. — Turob Toʻla
- Uning yuziga qon yugurdi.
- [Ibn Sino] Nazari satrlar oralab yoʻrgʻalarkan, yer ostidan xazina topgan kishidek, qoʻllari asta titraydi, yuziga gʻalati tabassum yuguradi. — Mirkarim Osim — Kitobga ixlos
- Malohat Karimovaning yuzlariga qizil yugurdi, yuzidagi kuldirgichlar husniga husn qoʻshdi, koʻzlari charaqlab ketdi. — Oydin — Asl yor
- Endi har ikkovining ham yuziga jiddiyat yugurdi. — Husayn Shams — Dushman
Source: Wiktionary
Views: 0