Explanatory dictionary
zamin
замин
Meanings
- . Yer shari, Yer.
- Roʻyi zamin roʻy.
- Zaminu zamon Yeru osmon, hammayoq, koinot.
- . Ekin ekiladigan yer.
- . Muayyan hudud, yurt; umuman yer.
- Ona zamin Tugʻilib yashab turgan joy, yer; jonajon yurt.
- . Asos, negiz.
- . Qulay shart-sharoit, muhit; imkon.
- . Tayanch, boshpana.
Examples
- Zaminu zamon oʻzgarib, maʼrifatga tomon bormoqda [dedi Islomxoʻja]. — J. Sharipov — Xorazm.
- Yoʻllar eltsin manzilga omon! Omon boʻlsin zaminu zamon. — Shuhrat — Yoshligimning davomi.
- Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qoʻli barakali ekan. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Zotan, yangidan bunyod etilgan koʻrkam chamanzor, bogʻrogʻlar, yaxlit-yaxlit paxtazorlar Xorazm zaminiga jon bagʻishlaydi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Bir tomoni gʻallazor, bir tomoni tokzor yerlardan oʻtib borarkanmiz, shu zaminda tugʻilib, shu yerdan frontga ketgan J. Usmonovning maktubi yodimga tushdi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Ona zaminimizning insoniyatga bebaho tuhfalaridan biri — dasturxon koʻrki hisoblangan bodomdir. — Gazetadan.
- Xoʻjalik noz-nemat bunyodkorlari ayni kunlarda moʻl hosilga puxta zamin yaratmoqdalar. — Gazetadan.
- Har bir ulugʻ ishning zamini — mehnat, Mehnat-la yaralur shoh asarlar ham. — R. Bobojon.
- U Boʻtaboyga hozir bunday talab qoʻyib boʻlmasligini, buning uchun avval zamin tayyorlash kerakligini tushuntirmoqchi boʻlgan edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oxiri Abdurahmon choyxonanishin tavkagir va boboyi banglar orasidan oʻziga zamin topdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Etymology
fors. – yer, tuproq; mamlakat
Source: Wiktionary
Views: 0