Explanatory dictionary
zavol
завол
Meanings
- Kunning ikkinchi yarmi, kun oqqan payt bilan kun botar payt oraligʻi.
- Yoʻq boʻlish, mahv boʻlish, oʻlim.
- Ofat, kushanda.
- Zavol boʻlmoq Biror kimsaning yoʻq (halok) boʻlishiga sabab boʻlmoq.
- Zavol topmoq (yoki koʻrmoq) Yoʻq boʻlmoq, oʻlmoq; halokatga yuz tutmoq.
Examples
- Shom boʻldi, zavol boʻldi, yigitga uvol boʻldi. — "Oq olma" — qizil olma.
- Rostga zavol yoʻq. — Maqol.
- Kamolingni koʻray, zavolingni koʻrmay. — T. Sulaymon — Intizor.
- Manmanlikka zavol yetar, Kam boʻlgan kamolga yetar. — "Zulfizar bilan Avazxon".
- Behunar, ilmsiz xalqni istiqbolda zavol kutajak. — S. Siyoyev — Avaz.
- Koʻk qurt! Yomon ofat. Gʻoʻzaning zavoli. Tezda tuxum-puxumini quritish kerak. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla.
- Asabiy holat, hozir aytganimday, inson umrining zavolidir. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Suv tanqisligi hosilning zavolidir. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Lekin Xosiyat opa va qizingizning baxtiga zavol boʻlishni istamadim. — M. Xayrullayev — Koʻngil.
- — Gulday umrimizga zavol boʻlgan kishi siz emasmisiz? — dedi Rohat Temirga. — B. Rahmonov — Yurak sirlari.
- U inson hamisha olgʻa intilishi, oʻrganishi, hayot sirlarini oʻzlashtirib olishi zarur. Aks holda, aql-zakovati yillar oʻtishi bilan oʻtmaslashadi, zavol topadi. — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
- Qisqadir tuhmatning umri, bor maqol: Tuhmatchi, albatta, topajak zavol! — M. Xudoyqulov — Zilol suvli soy va kir magʻzava.
Etymology
arab. – kunbotar payt; yoʻq boʻlish, halokat
Source: Wiktionary
Views: 0