Толковый словарь
afsona
афсона
Значения
- Folklor janri: avloddan avlodga, ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelgan uydirma, toʻqimadan iborat, baʼzan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat va sh. k.
- Afsona boʻlmoq El-xalqqa gap-soʻz boʻlmoq, elga doston boʻlmoq.
- koʻchma Asossiz gap, yolgʻon-yashiq, uydirma.
- Afsona toʻqimoq Uydirma gap qilmoq, boʻlmagʻur gap-soʻz toʻqimoq. "Ming bir kecha"- ning Shahrizodasi afsona toʻqib, oʻlimdan qutulib qolganday, Muxtorxon ham yuqoridagi singari rivoyatlar panohida omon yuribdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- koʻchma Aql bovar qilmaydigan, aqlga sigʻmaydigan narsa, ish. [
Примеры
- Togʻ qishloqlarining tesha tegmagan, ishonsa ham, ishonmasa ham boʻladigan gʻalati ertaklari, afsonalari boʻladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oqsoyliklar oʻrtasida bu joyning nomi haqida afsona ham bor. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Izlab seni har koʻchada, El ichra koʻp sharmanda ham afsona boʻldim sogʻinib. — Hamza.
- Odamlar] "Mirzachoʻl" atalmish qadimiy, bagʻri keng sahroda birga qoʻl tutishib.. afsonalarnihaqiqatga aylantirishmoqda. — V. Abdullayev — Qanotli orzular.
Этимология
f. — hikoya, naql; uy- dirma
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0