Толковый словарь
arz
арз
Значения
- Dard-hasrat shikoyat tarzidagi (asosan ogʻzaki) gap, murojaat.
- Arzi hol yoki arzi bandachilik Oʻz ahvoli haqidagi ogʻzaki bayon; dard-hasrat; oʻtinchli iltimos.
Примеры
- Chol bu begona yigitning vaziyatida taraddudlanish sezib, qaytadan su radi: -Xoʻsh, oʻgʻlim, nima arzingbor ? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Podshoyim, bizlar sizga arzgakeldik. — "Ravshan".
- Men minarman endi asta qushimga, Arziholim aytdim dengu doʻshimga. — "Malikai ayyor". "Qush tilini qush biladi" deganlaridek, Nodiraning samimiy arzi bandachiligi Mohlar oyim bilan Nigor kelinning yuraklarini ezdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Arz qilmoq 1) bilganini, oʻylaganini yoki dard-hasratini ogʻzaki aytmoq, bayon qilmoq; oʻtinchli iltimos bilan murojaat qilmoq. -Men xonni Toshkentdan joʻnatish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni bir daraja arz qilib oʻtgan edim, — dedi [qushbegi[. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar; 2) shikoyat qilmoq.
- Gʻofir boy va qozilarga: Hoy, boʻrilar! Soʻzlaringdan qayt! Boʻlmasa, hokimingga bormayman, mingboshingga yalinmayman, xalqqa arz qilaman, xalqqa! — Hamza — Boy ila xizmatchi. Arz soʻramoq esk. Iltimos yoki shikoyat bilan kelganlarga, ularni eshitib, tegishli javob-muomala qilmoq.
- Ark — qadim Xorazm shohlarining arz soʻraydigan joyi. — J. Sharipov — Xorazm.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0