Толковый словарь
aza
аза
Значения
- etn. Ayollarning mayyit chiqqan uyda yigʻi bilan oʻtkazadigan motam marosimi.
- Aza ochmoq 1) aytib yigʻlash bilan motam marosimini boshlamoq.
- koʻchma. s.t. Umuman, yigʻi-sigʻili holat, behuda yigʻi-sigʻi (ayollarga nisbatan).
Примеры
- Aza ga borgan xotin oʻz dardini aytib yigʻlar. — Maqol. a
- Kambagʻal urugʻ-aymoq, qoʻni-qoʻshnilar, toʻyda, azadasemiradigan yurimsak ayollar qorongʻida turtinib, piyoda joʻnashdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Krpqogʻi qalashangan temir tobut uy oʻrtasiga qoʻyilgach, xotinxalaj birdan uvvos solib, aza ochdi. — E. Usmonov — Yolqin; 2) boshqa xonadon mayyitiga (odatda, qarindosh-urugʻ kishisiga) yigʻi bilan motam marosimi oʻtkazmoq (ayol kishi oʻtkazadi); 3) urush, savdo va shu kabilarga ketgan yoki dom-daraksiz yoʻqolgan kishilarning vafoti maʼlum boʻlishi bilan, shuningdek, tirikligidan umid uzilgan kishi uchun motam marosimi (aza) oʻtkazmoq.
- Usta Hasanbek boʻlsa oʻgʻli Shodmonbekning jangda shahid boʻlgani tufayli aza ochdi. — Mirmuhsin. Meʼmor. Aza tutmoq 1) azali holatda boʻlmoq.
- Jabbor aka oʻlgan vaqtlarda qora kiyib, aza tutib yurgan chogʻlarida ham u oʻzini hozirgidek yakka-yolgʻiz sezmagan edi. — I. Rahim — Chin muhabbat; 2) diqqatchilik bilan yigʻi-sigʻi qilmoq (odatda, arzimagan narsaga).
- Shunga ham azami, yigʻishtir yigʻi-sigʻingni.
Этимология
a. 1>s — sabr-toqat tilash; taʼziya bildirish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0