Толковый словарь
badbin
бадбин
Значения
- Birovga yomonlik istovchi, buzuq niyatli, badxoh.
- Jamiyat axloqiy normalariga toʻgʻri kelmaydigan; yaramas.
- Umidsiz, tushkun holatli; pessimist.
Примеры
- Tushunaman, umr qisqa, Haq dasti ham qisqaroq, Ammo nechun shu umrda Buncha badbin yashamoq? A. Oripov, Yillar armoni.
- [U] Eski Sharqdagi badbin urf-odatlarga qarshi, xotin-qiz-larni huquqsiz qulga aylantirishlariga.. qarshi isyon qilardi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman.
- Taqsiri olam, bu gʻalamis gaplarga aslo quloq sola koʻrmang. Bular sizni chal-gʻitish uchun atayin aytilgan badbin gaplardir. J. Sharipov, Xorazm.
- Qaygʻura bil, lekin badbin boʻlmagil, Qaygʻu tabiiy hol, badbinlik yomon. Uygʻun.
- Kim-salar, badbin deya boqmang bu kun Abdullaga, Tinglasa gohi yurib moziy elidin zorlar. A. Oripov.
Этимология
bad.. + f. j^j — koʻruvchi, qarovchi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0