Толковый словарь
bahamjihat
баҳамжиҳат
Значения
- Bir tan, bir jon boʻlib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik, ahillik bilan.
- kesim vazifasida. Inoq, totuv.
Примеры
- Tur-kiston shahridagi koʻp doʻkondorlar toshkentliklar boʻlib, ular Anorboy degan katta bir boyning qoʻrasini ijaraga olib, shu yerda bahamjihat turishar ekan. M. Muham-madjonov, Turmush urinishlari.
- ..oila hamda keng jamoatchilik bahamjihat ish olib borsagina, koʻzlangan maqsadga erishish mumkin. Gazetadan.
- Xorazm elchisi Mahmud Janda Oʻzgan shahriga behisob sovgʻa-salomtr bilan borib, bahamjihat boʻlmoqqa daʼvat etibdur. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
- Kelinlarim juda chiqishoq, har ishda bahamjihat. Oybek, O. v. shabadalar.
- Tan ittifoqda, bahamjihat boʻlishda, ukam. Oraga fitna solish yomon narsa. Oybek, Tanlangan asarlar.
Этимология
ba.. + hamjihat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0