Толковый словарь
bahra
баҳра
Значения
- bahra olmoq 1 Foyda, manfaat, naf olmoq.
- Lazzat, huzur, rohat olmoq.
- koʻchma Ilhomlanmoq, ruhlanmoq; taʼlim olmoq.
- Oziqlanmoq, toʻyinmoq.
Примеры
- Daryolar suvi behuda oqdi. Dehqon istaganicha undan bahra ololmadi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Bahra ololdimi bir zot yuragi ? Biror qalb gʻuborin yuva oldingmi? E. Vohidov.
- Oʻzi suvga qongach, goʻyo gʻoʻzalari ham undan bahra olgandek quvondi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Tabiat yaratgan moʻʼjizalardan bahra olmoq uchun inson sogʻlom, baquvvat hamda zukko boʻlmogʻi zarur. Gazetadan.
- Uning hayoti esa kulgi bilan sugʻorilgan, undan bahra olgan, uzoq umr koʻrgan sanʼatkor hayotidir. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
- Oybek rus sheʼriyatiga koʻp muro-jaat qilgan, undan bahra olgan ijodkor edi. Gazetadan.
- Olurman bahra hikmatli soʻzing-dan, Suxandonsan, suxandonsan, suxandon. Habibiy.
- Narzi vaqti bilan hayot makta-bidan bahra olib, donishmand boʻlishi mumkin edi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Tuproq namidan bahra olib, chigit bir tekis unib chiqdi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
Этимология
\f. — hissa; qismat; foyda
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0