Толковый словарь
baqamti
бақамти
Значения
- Bir-biriga yuzlangan holatda, bir-biriga qaragan holda; bir-biriga yaqin, yuzma-yuz, roʻbaroʻ.
- Baqamti kelmoq Yuzma-yuz kelmoq, yuzlashmoq, uchrashmoq.
- Baqamti qilmoq Yuzma-yuz qilmoq, yuzlashtirmoq, uchrashtirmoq.
Примеры
- Kamol Jalolov montajchi bilan baqamti, doʻstona suhbatlashdi. — Gazetadan.
- Mana endi baqamti gaplashaylik, — dedi Jahongirov. — I. Rahim — Zangori kema kapitani.
- Endi men Husan aka bilan baqamti oʻtirib gaplashishni istardim. — Sh. Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Oftob oʻchayotgan mahal ikki odam bir-biriga baqamti kelib, churq etmay turardi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- Oralaridan gap qochib, oʻrtalaridan qora mushuk oʻtgan paytlarda Rahimov koʻpincha ikkovini baqamti qilib, ahil boʻlinglar, deb nasihat qilardi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
Этимология
ba.. + turkiy qamti — yaqin holda
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0