Толковый словарь
baravar
баравар
Значения
- sft. Oʻlchami, hajmi, katta-ki-chikligi, son-qiymati, harakati jihatidan bir xil, teng.
- Baravar kelmoq 1) turli koʻrsatkich va belgilariga koʻra bir xil chiqmoq; teng kelmoq.
- rvsh. Bir vaqgda, bir paytda; bir-biridan qolishmay.
- Sanoq sonlar, shuningdek, "necha", "bir necha" soʻzlaridan keyin kelib, shu miqdor darajasida qaytarilganlikni, kar-ralilikni ifodalaydi.
- "Birga", "shuningdek" maʼnolarini ifodalaydi.
- 3-sh. egalik, j. k., oʻ-p. k. shakllarida kelib, koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (q. baravariga II, baravarida).
Примеры
- Boʻyi baravar devor. Baravar hajmli shishalar. Yoshi baravar bolalar. Baravar vaqt oraliqlari. yaya
- Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi, odob-axloq oʻrgatishi kerak. Gazetadan.
- Anvar har kim uchun sevimli va xushmuomalasi bar-chaga baravar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Ikkala ot bir qiyomda, baravar qadam tashlab borar edi. A. Qahhor, Asarlar.
- Qoplarning ogʻirligi baravar keldi. Kirim bilan chiqim baravar keldi; 2) muvozanatga kelmoq, tenglashmoq.
- Tarozi-ning pallalari baravar keldi; 3) biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. U
- bilan baravar kelib boʻladimi? 4) "teng, bir xil" maʼnolaridagi kesim vazifasida.
- Unga yoshu qari baravar. Besh qoʻl baravar emas. Maqol. n
- Oʻzing bilasan, qachon qarasang, katta-kichikka baravar, hamisha kamba-gʻallar foydasini koʻzlaydi. H. Shams, Dushman. Baravar koʻrmoq Teng munosabatda boʻlmoq, teng koʻrmoq.
- Ota-ona oʻz farzand-larini baravar koʻradi.
- Baravar ishlamoq. Baravar joʻnamoq. Oʻrnidan baravar turmoq. n U eshikdan kirganda, dahlizda oʻtirgan uch kishi baravar oʻrnidan turib salom berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Karvon ketidan kelayotgan ikki sarboz orqadan eshitilgan nogahoniy chinqiriqdan baravar toʻxtashdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan.
- Brigada hosil-dorlikni.. ikki baravar koʻtarishga muvaf-faq boʻldi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Knyaz suv pulini uch baravar oshirib tboribdi. A. Qaqhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- ..[Otabek] uning [Kumushning] husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha baravar yuqorida ekanini angladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Kutganidan bir necha baravar ortiq kaltak yegan dushman aql-hushidan ozayotgan edi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Lekin shu bilan baravar, Mir-zakarimboy Yoʻlchining butun siymosida katta jasorat va gʻurur sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Nuri bu yigit toʻgʻrisida koʻproq narsa bilishni istash bilan baravar, bu qizning unga munosabatini ochish kabi yashirin bir niyat bilan gapni chuvalatdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Этимология
f. l — teng, bir xil; teng qiymatli
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0