Толковый словарь
bardam
бардам
Значения
- Kuch-quvvatga ega; kuch-quvvatini yoʻqotmagan, tetik.
- Bardammisiz? Soʻrashish, hol-ahvol soʻ-rash shakli.
- Kuch-quvvat, gʻayrat, tetiklikdan darak beruvchi; gʻayrat, tetiklik bilan.
- Ishonchga toʻla, shijoatli; sergak, hushyor.
Примеры
- Bardam chol. Bardam boʻlmoq. gsh Uyqusi butunlay tarqab ketgach, IAhmad] oʻzini juda tetik va bardam sezdi. F. Musajonov, Himmat.
- Dadang.. Sherali qalay, bardammi? Oydin, Hikoyalar. Vaqt xuftondan oʻtgandan keyin
- -Bardammisiz, otaxon? — dedi Musa. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Xoʻsh, bardammisiz, Sharipova. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Bardam yurish. Bardam qadam. m Ota zalvorli tayogʻi-ni qorga niqtab bosib, bardam qadam tash-lardi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Mastura.. bardam qadam tashlab, operatsiya zalining eshigini oʻzi ochib kirib ketdi. A. Qahhor.
- Doimo umidim bardam boʻlsa ham, Baʼzan vasvasalar bosar dilimni. F. Gʻulom.
- Uning yutuq va zafarlarga chorlovchi bardam ovozi.. jaranglab eshitilardi. — Gazetadan
- Temir yoʻlning bahodir posbonlari — strel-kachilar oʻz postlarida bardam turadilar. Gazetadan.
- Umurzoq ota oʻzini ancha bardam his eta boshladi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
Этимология
f. ^< bar.. + — nafas, vaqt: sogʻlom; quvvatli
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0