Толковый словарь
bashara
башара
Значения
- Kishi boshining old qismi; bet, yuz.
- Kishining ruhiy holatini, xarak-terini gavdalantiruvchi holat, koʻrinish; aft, avzo.
- Kishining maʼnaviy qiyofasi.
- Aniqlanmish vazifasidagi soʻz bilan birga kelib, "oʻxshash", "oʻxshagan", "simon" maʼnolarini bildiradi.
Примеры
- Eshik gʻich etib ochildi-da, tirqishidan boshini yashil chorsi bilan tangʻib, yuziga qatiq surib olgan ayolning basharasi koʻrindi. U. Nazarov, Odamlar.
- Voy, basharang qursin, nima balo boʻldi? Hammomning goʻlaxiga oʻxshab ketibsan. Oydin, Hazil emish.
- Basharang qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama. "Qanotli soʻzlar".
- -Isfandiyorning zahar basharasini koʻrishdan qutulibsan, — dedi Koʻkan. J. Sharipov, Xorazm.
- Aka-ukaning basharasiga razm solib, kinoya 6wwh dedi: -Koʻzlaringiz bejo, nima boʻldi, tinchlikmi? Oybek, Tanlangan asarlar.
- Odamlarning "har ikki dunyosi" uchun ham goʻyo jonkuyarlik qilgan bu xudo vakili \3agʻchakoʻz\ xurjunini toʻldirib, shaharga borganda, asl basharasini koʻrsatar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Gʻofir tobora avjiga chiqar, boyning haqiqiy basharasini ochishda davom etar edi. K. Yashin, Hamza.
- Odamlar gurkirab kulib turgan paytda ularning yoniga mulla bashara bir kishi kelib qoʻshildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Shu payt dumi, qu-loqlari qirqilgan ayiq bashara it otni quvib qoldi. M. Mansurov, Yombi.
- Qop-qora, xabash bashara Musa soatga qarab turar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Этимология
\a. — teri; poʻst
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0