Толковый словарь
bashorat
башорат
Значения
- . Xushxabar; mujda.
- . Oldindan koʻrish, oldindan aytib bera olish; oldindan aytilgan fikr; taxmin, moʻljal.
- Bashorat qilmoq Biror voqea-hodisaning natijasini oldindan koʻrmoq, oldindan aytib bermoq.
- . Bashorat (xotin-qizlar ismi).
Примеры
- Hudaychi qoʻrgʻon begi qoshiga yetib, bek hazratlarining hozir yetib kelishlariga bashorat berdi, yana otining boshini burib, yigitlari bilan orqaga qaytdi.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Samoviy mavjudotlar shohanshohning baxt va saodatidin bashorat berdilar. — Uygʻun va I. — Sulton, Alisher Navoiy.
- Bu orada onasining bashorati toʻgʻri chiqib, yomgʻir tomchilay boshladi. — Q. Kenja — Notanish gul.
- Ular., otaning hademay turib ketishini bashorat qilishardi. — Sh. Xolmirzayev — Bodom qishda gulladi.
- Tabiatning yil davomida koʻrsatguvchi injiqliklaridan hech kim bashorat qilolmaydi. — "Saodat". —
- Hatto palakdagi kaliy miqdoriga qarab boʻlajak hosil sifatini bashorat qilish mumkin. — "Fan va turmush". —
Этимология
arab. – yaxshi, xush xabar, mujda
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0