Толковый словарь
baxshi
бахши
Значения
- Xalq qoʻshiqlari va dostonlarini yoddan kuylovchi shoir, oqin.
- Irim-sirimlar qilib, duolar oʻqib, dam solib davolovchi tabib.
- Buxoro xonligida qurilish uchun belgilangan mablagʻlarning hisob-kitobini nazorat qiluvchi lavozimli kishi.
- Eski Uyg‘urcha yozuvda yozadigan yozuvchi.
Примеры
- Oʻzbek xalq baxshilari. Baxshilar repertuari. Toʻyda soʻz ber baxshiga, Xaridor boʻl yaxshiga! — Maqol. —
- Dutorsiz baxshi boʻlmas, Yomonsiz — yaxshi. — Maqol. —
- Doston va terma baxshilarning repertuarida yonma-yon yashab keladi. — "OʻTA". —
- Jinga ishongan baxshini tinglaguncha, Chinga ishongan yaxshini tingla. — Maqol. —
- Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi. — A. Qahhor — Bemor.
- Baxshi, kushnoch, azayimxonlarni yigʻib, oʻqitib-choʻqitdi, u ham boʻlmadi, dardi zoʻrayib ketdi. — "Bahrom va Gulandom". —
- Buxoro xoshigida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urugʻ oqsoqollarini baxshi deb atashgan. — "OʻzME". —
Этимология
sansk. bhikshu — budda ruhoniysi, donishmandi; duoxon; darvesh
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0