Толковый словарь
baxt
бахт
Значения
- ijt. Kishining oʻz faoliyati natija-laridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlari-dan toʻla qoniqishi, yashash tarzidan mam-nunligi, muayyan maqsadga yetgani, orzu-umidining ushalishi sifatida namoyon boʻladigan maʼnaviy-axloqiy tushuncha.
- Hayot (turmush)dan toʻla mamnunlik va bearmonlik holati; saodat, qut.
- Baxti kulmoq (yoki ochilmoq) Baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor boʻlmoq.
- Omad, tole; iqbol.
- Baxt kushi (baxti humoyun) boshiga qoʻndi Baxti, omadi keldi, ishi yurishdi.
- Omadi yurishmoq, baxtga erishmoq.
Примеры
- Mehnat — baxt keltirar. Maqol. ■■
- Ona-yer nafasiga, mehriga, inomlariga toʻyib yashashdan ortiq baxt bormi? "Saodat".
- Ajab emas, baxti ochilib, Gulnor ham yaxshi, obroʻli joylarga kelin boʻlsa. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qisqasi, boladan baxtim ochilmadi, doʻstim. T. Ashurov, Oq ot. Baxting ochilsin yoki baxtingni bersin Yoshlarga muhabbat va shirin oilaviy turmush tilash shakli.
- Iloyo, baxtingni bersin, yaxshi qayliqqa uchrab, bu kunlaring unut boʻlsin, bolam! Oydin, Chaqaloqqa chakmoncha. Baxti qora (yoki qaro) Turmushdan yolchi-magan; baxtsiz.
- \Xolisxon.\ Aziz doʻstlar, netay, baxti qaro boʻlganga yigʻlayman, Azi-zimdan tirik, oʻlmay judo boʻlganga yigʻlayman. Hamza, Paranji sirlari.
- Uf, nima ish qil-sam, ketga qarab ketadi, xolos, mening baxtim qursin. Hamza, Tuhmatchilar jazosi.
- -Ani shu qizlar safida menga ham joy bor-dir, — deb oʻylidi Adolat. — Baxtimni bir sinab koʻray-chi? I. Rahim, Chin muhabbat.
- Hamma gap peshonida, taqsir.. Peshona shoʻr boʻlgandan keyin, unda baxt guli unadimi! H. Gʻulom, Mashʼal.
- Nega boshingga qoʻngan baxt qushini kaltak olib quvlaysan?S. Ahmad, Ufq.
- ..boshimizga qoʻngan bu baxti humoyunni uchirib yubormaslik uchun hali ancha harakat qilishimiz kerak. K. Yashin, Hamza. Baxtga (baxtimga, baxtimizga, baxtiga va h.) krsh.s. Sodir boʻlgan yoki boʻladigan ish, harakat, voqea, hodisaning koʻygildagidek ekanligini ifodalash uchun ishlatiladi.
- Baxtimizga, zamon oʻzgarib, bunday yaxshi kunlarga yetdik. E. Rahim, Yangi qadam.
- Endi musofir qizingizning baxtiga sizoʻlmang. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Baxtga qarshi krsh s. Yuz bergan, sodir boʻlgan ish, harakat, voqea, hodisaning koʻngildagidek emasligini ifodalash uchun ishlatiladi.
- Miriyaning baxtiga qarshi, amaki sil ka-salligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Baxtdan koʻrdim (baxtimdan koʻraman) Tavakkal, nima boʻlsa boʻlar. Baxti bogʻlanmoq yoki baxtiga kuya tushmoq Oilaviy omadsizlik; farzandsizlik.
- Siz tugʻmas ekan-siz, baxtingiz bogʻlangan.. K. Yashin, Hamza.
- Sen uning borligin unutma sira, Unutsang baxtingga kuya tushadi. Shuhrat, Yoshli-gimning davomi. Baxti kulmoq (yoki chopmoq).
- El boqsa, baxting kular, El boqmasa, taxting qular. Maqol. ■■
- Bir soʻz aytay, senga malol kelmasin, Baxting chopsin, zafaring hech qaytmasin. "Malikai ayyor". Baxti ochilmoq Baxtli, baxtiyor boʻlmoq; turmushga chiqmoq, oilali boʻlmoq.
- Qizining baxti ochil-mayotganidan kuygan ona boshini tizzalariga qoʻyib, hasrat bilan yum-yum yigʻladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
Этимология
f. .ch . — taqdir; nasiba, ulush
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0