Толковый словарь
baxtsiz
бахтсиз
Значения
- Baxtga erishmagan, baxti kulmagan, baxti qora.
- Hayoti kulfat, dard-alam bilan toʻlib-toshgan, turmush lazzatidan bebahra, roʻsh-nolik koʻrmagan.
- Biror-bir koʻngilsiz hodisaga uchragan; bechora.
Примеры
- Ona bolasining baxtini koʻrolmay, baxtsiz boʻlgani uchun.. yigʻlaredi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina bosh ogʻritsangiz-chi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Biroq Anvar oʻqishda qancha baxtli boʻlsa, peshonada oʻshancha baxtsiz edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning yarasiga tuz sepmasang, yurak-bagʻrini qon qilmasang, dadang kel-tirgan xabarni aytaman. Oybek, Tanlangan asarlar.
- ..Muhammadjon singari bolalar, Abduaziz ota singari chollar, kampirlar, oʻlim toʻshagida yotgan bemorlar, baxtsiz mayiblar.. oz boʻlganmikan?A. Qahhor, Oltin yulduz.
- Nima, buni mashina mayib qilib-dimiki, baxtsiz hodisa desa.. K. Yashin, Hamza.
- Ilhomjon oʻz odatiga koʻra, yana baxtsiz hodisalar, oʻlim-yitim haqida gapira boshladi. N. Aminov, Qahqaha.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0