Толковый словарь
bayon
баён
Значения
- Tabiat va jamiyat haqidagi tushuncha hamda tasavvur yuzasidan inson fikri va mulohazalarining ogʻzaki yoki yozma ifodasi.
- ad. Adabiy asarning sodir boʻlgan yoki boʻlayotgan voqealar hamda voqealarning borishi haqida hikoya qilinadigan qismi.
- ad. Tavsif; izoh berish.
- Oʻqib yoki aytib berilgan biror matn asosida yozib chiqilgan ish; yozma ish (oʻquv-chilar bilimini baholashning yozma shakl-laridan biri).
- Bayon alomati tlsh. kam qoʻll. Ostin-ustin turgan ikki nuqtadan iborat tinish belgisi (:).
Примеры
- Ogʻzaki bayon. Bayon qilmoq. Fikr bayon qilmoq. m Bu yogʻini qaysi til bilan bayon etsam ekan.. X. Toʻxtaboyev, Sehr-li qalpoqcha.
- Goʻroʻgʻlibek boshidan oʻtgan voqealarni birma-bir bayon etdi. "Goʻroʻgʻli".
- Ha, koʻrasan, lekin shuni unutma aslo, Ahvolingni bayon qilgin farzandlarga xos. A. Oripov.
- Agar chindan ham seni pul qiziq-tirmay, muhim deb oʻylagan gapingni qisqa bayon etish qoʻlingdan kelsa, quchoq-quchoq asar yozishingning foydasi yoʻq. Shukrullo.
- Romanda tavsif, muallif mulohazalari va bayonlar koʻp.
- Asarning qim-matli boblaridan biri sheʼriyat va aruz bayonidir. "Fan va turmush".
- Oʻquvchilar bayon yozishdi. Bayon-ni tekshirib chiqmoq. Bayonlar toʻplami.
Этимология
a. بَيَان — aniqlik, ravshanlik, tavsiflash, ifodalash
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0