Толковый словарь
begona
бегона
Значения
- [0. — qarindosh yoki
- tanish boʻlmagan; yot] 1 Qarindoshlik yoki boshqa jihatdan bir toifadagi, guruhdagi kishilardan chetda turuvchi, ularga muno-sabati boʻlmagan; yot.
- Begona qilmoq 1) oʻzidan uzoqlash-tirmoq, yot kishilar qatoriga oʻtkazmoq; 2) chetga ketkizmoq, birovning quliga, ixtiyoriga oʻtkazib yubormoq.
- Tegishli boʻlmagan, chetdan kelgan; chet.
- Oʻzgalarga tegishli, notanish; oʻzga.
- Xabari boʻlmagan, koʻrmagan, bilmagan; yot.
- Begona oʻt Odamlar ekmaydigan, ammo madaniy ekinlar orasida tasodifiy urugʻ-dan koʻkarib chiqqan yovvoyi oʻt.
Примеры
- Menga begona boʻlsangiz, oʻgʻlingizga begona emassiz-ku. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yoʻlchi uchun bu qiz endi begona emas. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Elmurod uning yo'nida oʻtirar va beixtiyor uning chiroyli koʻzlariga damba-dam qarab qoʻyar, nazarida, Fotima tobora uzoqlashib, tobora yot va begona boʻlib borayotganga oʻxshar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Agar bundan keyin ham nasiyaga goʻsht olmoqchi boʻlsalar, savdoni begona qilmay, mening oldimga kelaversikshr. "Latifalar".
- Aqlni begona qishang! Agar chora koʻrish lozim boʻlib qolsa, men bu yerda. N. Safarov, Sohib changal.
- Tushari har hovli eshigida oʻsha yerda yashov-chilardan navbatchilar tayinlanadi — begona kirmasin. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Bir yerga yangi kelgan begona odam darrov hammani taniy olmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Begona shahar. m Mana endi, begona koʻz, begona quloqning yoʻgʻida uchovi xoxolashib, ogʻiz-burun oʻpishibkelayotir. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Ayol.. begona tilda gapshshuvchilarga tikilib, rangi oʻchib, oʻrnidan turdi. Oybek, Quyosh qo-raymas.
- Ularning [mehmonlarning] gaplari, muomalalari, yurish-turishlari Ioʻlchiga tomom begona tuyuldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Hayotning dagʻal muoma,shsidan begona, faqat uning chuchuk soʻzlarinigina tinglab kelgan Otabekka bu xoʻrlik tur-mushdan birinchi zarba edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Ammo Unsinning koʻngli oʻyin-kulgini koʻtarmas, shodlik unga begona edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yerdan yaxshi unum olish uchun yerning begona oʻpiardan toza-lanishi, kuzda chuqur chopilishi, goʻng solinishi kabi masalsishrga koʻp ahamiyat berib qoladi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0