Толковый словарь
bemaza
бемаза
Значения
- Ogʻizga xush yoq-maydigan, taʼmi yomon; taʼmsiz, lazzatsiz.
- Ogʻzi bemaza 1) ogʻzi ovqatning mazasini, taʼmini sezmaydigan (baʼzi kasalliklar sababli).
- koʻchma Badiiy zaif, estetik zavq bera olmaydigan; bemaʼni, siyqa.
- Yaramas, yoqimsiz, bemaʼni, yomon.
- Odob-axloqqa xilof, odobdan tash-qari; behuda, bekorchi.
- Bemaza qilmoq 1) mazasini, tuz-nama-gini meʼyorda qilmaslik; 2) taʼbini xira qilmoq, joniga tegmoq, tinchini buzmoq.
Примеры
- Bemaza ovqat. Bemaza tarvuz. Bemaza qo-vunning urugʻi koʻp. Maqol. ■■
- Kasalga asal ham bemaza boʻlib koʻrinadi. "Qanotli soʻz-lar".
- Yoʻlchining taqachi oshnasi Qoratoy och qornini bemaza moshxoʻrdaga toʻldirib.. sovuq uyda xomush oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Sidiqjon, garchi hanuz ogʻzi bemaza va boshi ogʻirroq boʻlsa ham.. kampirning meh-ribonchiliklaridanmi, koʻngli koʻtarilib, juda yengil tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) beadab gaplarni koʻp gapi-radigan; chakki ogʻiz.
- Ogʻzi bemaza odam.
- Bemaza asar. m Bemaza kitobni-ku jonga tekkan joyda shartta yopib qoʻysa boʻlar, biroq umr kito-bini-chi? X. Sultonov, Onamning yurti.
- Bunaqa bemaza surapiarning avtorlari ins-titutda koʻp emas. "Mushtum".
- Bemaza odam, m -Akam bemaza chiqdi-da,— dedi Hamid Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr.
- Bemaza qizning boʻlmas hayosi.. "Gulixiro-mon".
- E, bunaqa bemaza televizorni sotib yuboring. "Askiya".
- Bemaza qiliqlar. Bekorchidan bemaza gap chiqadi. Maqol. a
- — Gulshan: \ Bemaza gaplarni qoʻyinglar, ux-laylik! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Ammo shallaqi bir kampirning uyida tura-man; koʻp bemaza qilayotir-da. A. Qahhor, Sarob.
- Ayniqsa toʻriq toycha tutqich ber-may, Mirvali akaning bemazasini beshta qshyudi. A. Qodiriy, Obid ketmon; 3) tobini qochirmoq; battar qilmoq.
- Isitma juda bemaza qildi.
Этимология
be.. + maza
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0