Толковый словарь
bezovta
безовта
Значения
- Odatdagi oromi, tinchi buzilgan, hayajon va iztirobga tushgan; halovati yoʻqolgan, betinch, gʻash.
- Tinchligi buzilgan; notinch.
- Halovati yoʻq; betoqat, beorom.
Примеры
- Madamin bu yerdan chiqib, yana bezovta joniga malham qidirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Qishyuq koʻcha-lari jimjit, faqat hovlilarda nima-dandir bezovta boʻlib itlar hurishadi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- Qizni bezovta qilmay, deganday oʻrnini osoyishta yigʻib, hovliga tushdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- \Joʻra:\ Qoʻrboshi aka, necha yildan beri zamona bezovta. I. Sulton, Burgutning parvozi.
- Bu yerning oʻjar tabiatiga, gʻildirak ustidagi bezovta turmushga u tez koʻnikdi. — Gazetadan
- Yana Norin suvi bezovta chayqaldi. S. Ahmad, Ufq.
- Bezovta shamol birdaniga kuchayib, qora bulut pardasini surib keldi. M. Qoriyev, Qiz uzatib borganda.
- Bola tuni bilan bezovta boʻlib chiqdi. m ..qish-loqda tabiblik qilib yurgan vaqtlarida bunday bezovta betoblarni koʻp koʻrgan. I. Rahim, Chin muhabbat.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0