Толковый словарь
bisot
бисот
Значения
- . Shaxsning, koʻpincha xotinlarning oʻziga tegishli boʻlgan, toʻplab qoʻygan moli, mol-dunyosi.
- . Kishiga, oila xoʻjaligiga qarashli mol-dunyo, boylik.
- . Kimsada bor boʻlgan har qanday narsa; madaniy, maʼnaviy boylik.
- . Biror xona yoki joydagi mavjud narsalar.
- . Tabiatning borligʻi, boyliklari, ehsoni.
Примеры
- Mastonbibi sandiqdan bisotidagi movut mursagini olib kiydi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Onalar Kumushning bu hayqirigʻini uyalganga yoʻydilar-da, uyiga kirib, bisot kovlashga, toʻy hozirligini koʻrishga mashgʻul boʻldilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tayyorlanar Bahri safarga, Sandigʻini ochib, bisotin Tita boshlar barin birma-bir. — H. Olimjon. —
- Oʻtgan zamonda bir faqir er-u xotin bor ekan. Ularning bisotida faqatgina bitta echkisi bor ekan. — "Ertaklar". —
- Hosila yiqqan bisotini sarflab, ancha tuzuk toʻy qildi. — Sh. Xolmirzayev — Bodom qishda gulladi.
- Mastura xola bisotidagi zogʻoralarni olib chiqib, oʻrtaga qoʻydi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Ezgin-ezgin kuylasin endi Bisotdagi eng nozik torlar. — "Sharq yulduzi". —
- Mulla Qutbiddin bisotida bor eng nodir kitoblarini birma-bir olib, changlarini artib, Boburga koʻrsata boshladi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Bugun shoirlar ham oʻz bisotidan Eng yaxshi baytlarni izlab turibdi. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Nurbek bisotidagi bor soʻz bilan uni [Shirinni] avradi. — "Yoshlik". —
- Bu shinam, koʻrkam xona oʻzining bisoti va bezaklari bilan kirgan odamni darrov qamrab olardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- U yer [mehmonxona] boy bisotlari, chiroyli bezaklari, yumshoq toʻshak va par yostiqlari bilan koʻzlarga orom berar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Bahor butun topgan-tutganini, butun bezak va bisotini yoyib yuborgan. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Bisotida hur el uchun saqlagan ne bor boʻlsa, qildi ayon Mirzachoʻl. — Habibiy. —
- Har nedan goʻzalroqdir balki choʻl kechalari, Ufqlar kaftdek ravon, koʻk sochgan bor bisotin. — A. Oripov. —
Этимология
arab. – gilam
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0