Толковый словарь
bitta
битта
Значения
- dona son 1 Bir (sanoqda).
- Bir dona; yagona, yolgʻiz.
- Bittayu bitta Yagona, yolgʻiz.
- "Qandaydir bir", "allaqanday", "kim-dir" kabi maʼnolarda ishlatiladi.
- Birlik, birdamlik, yakdillik hamda bir xillik, oʻxshashlik maʼnolarini anglatadi.
- Feʼllardan oldin kelib, shu feʼldan anglashilgan ish-harakatning bir marta bajarilishini bildiradi.
- Yer (yoki hovli, dala, uy..) bilan bitta boʻlmoq Yoyilib, hamma yoqni tutib yotmoq.
Примеры
- Bitta, ikkita, uchta.. Erning soʻzi bitta. Maqol.
- ■■ Shaharda bitta doktorxona bor. A. Qahhor, Asarlar.
- Meliboyga bitta avtoruchka sovgʻa olib keldi. S. Ahmad, Yulduz.
- Unaqa ogʻayni mingtadan bitta! A. Qahhor, Ogʻaynilar.
- Mana, siz bitta oʻzingiz oʻttiz ikkita mashinaga qarar emishsiz. A. Qahhor, Yillar.
- [Xonzoda: — Shaharda bitta desam yolgʻonchi boʻlmayman. Uni chiroyi boshiga balo boʻldi. Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Soraxonning onasi hammaga: -Bittayu bitta qizimga ichkuyov orzu qilib yurar edim, xudo niyatimga yetkizdi, — deb yurdi. A. Qahhor, Sarob.
- Oʻziyam gap eshitmagan bittayu bitta odam —Gulsum opa boʻldi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
- Kasal-xonaga borib, oʻzi koʻrgan eshikka kirib ke-tayotganida, bitta xotin qaytardi. A. Qahhor, Boshsiz odam.
- Axir, bittasi oppoq sochi bilan menga tegishdi-da! A. Qahhor, Asarlar.
- Yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, yoʻlda bittasi paydo boʻlib qolsami?! O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Ularning ikkovi bitta odam, n Ularning basharasi, ishi boshqa-boshqa boʻlsa ham, yuragi bitta boʻlar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar.
- -Ikkovi bitta odam-ku! — dedi Suyar, nima gap ekanini bilmay. A. Qahhor, Asarlar.
- Hali kekkayib, bozordan qaytadi. Bolgʻa bilan bitta urib abjaq qilsang, tomosha qilsang. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Hovli bilan bitta boʻlib toʻkilgan do-vuchchalar, barg/yur va xas-choʻplarni dastasi uzun supurgi bilan supurishga tushdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Dul urib, sinib ketgan gʻoʻzalar dala bilan bitta boʻlib yotardi. L. Tojiyeva, Tosh ustidagi gul.
- [Dadam] Uy bilan bitta boʻlib sochilib yotgan narsalarni yana bir koʻzdan kechirib chiqdilar. E. Raimov, Ajab qishloq.
- U Dildorning orqasi bilan bitta boʻlib yerga osilib tushgan, qirq bir kokwi qilib oʻrilgan uzun qoʻngʻir sochlarini ham uzoqdan koʻrib, uzoq-dan zavqlanib turibdi! M. Ismoiliy, Fargʻona t.o. Yer bilan bitta qilmoq Obroʻsini toʻkib, qattiq izza qilmoq.
- Meni yer bilan bitta qilib ketyapti. Mayli, qulogʻida boʻlsin. Soʻnggi pushaymon oʻziga dushman boʻladi. N. Safarov, Saodatning qissasi.
- Kechikkan, ishni cho/ia qoldirganni koʻrsa, qatagʻonga olib, yer bilan bitta qilib tashlaydi. S. Nurov, Narvon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0