Толковый словарь
bobo
бобо
Значения
- Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan).
- (faqat koʻpl. shaklida) Oʻtmishda yashab oʻtgan qarindosh kishilar, ajdodlar.
- Hurmat yuzasidan qariyalar nomiga qoʻshib ishlatiladi. Murod darrov turib,
- Aziz-avliyolar nomiga qoʻshib ishlatiladi.
- Oʻtmishda Buxoroning katta da-halarini nazorat qiluvchi bosh mirshab unvoni.
- folk. Oqsoqol, otaxon.
- Bobo (erkaklar ismi).
- Qor bobo, qorbobo 1) odamning qordan yasalgan shakli va bolalarning shu bilan bogʻliq oʻyini.
Примеры
- Boboning tol ekkani — oʻziga nom ekkani. Maqol. n
- Bobom burgut boqish bilan menga qaradilar. S. Ahmad, Yulduz.
- Bola bobosini ikki-uch kun koʻrmay ichikib qolgan. S. Ahmad, Ufq.
- Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egalla-masalar, bobolardan qolgan saltanat begona sulola i/shiga oʻtib ketgusidur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Bobolardan soʻzladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk. A. Oripov, Yurtim shamoli.
- Utar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Qolaversa, oʻzimizning shoir bobomiz Boborahim Mashrabning haq, haqiqat, adolat haqidagi.. gʻazallarini kim bilmaydi? K. Yashin, Hamza.
- Rais bobo ularning yonginasiga kelib, otdan tushdi, toʻriq yoʻrgʻani oʻz holiga qoʻyib, dasturxon yoniga horgʻin choʻkdi. N. Fozilov, Diydor.
- Shayx Zayniddin bobo. Zangi bobo. m Xizr bobo qoʻlingni baland qilsin. U. Ismoilov, Saylanma.
- Kambagʻallar Togʻayni bobo koʻtargan edi. U kambagʻallarga bosh boʻlib turgan edi. "Rustamxon".
- Bolalar katta qilib Qor bobo yasashdi; 2) archa bayramida qish ramzida yasangan (oq poʻstin va oq qalpoq kiygan) va yangi yil bayramlarini qizdiruvchi kishi.
- Birdan eshik ochildi, Kirib keldi Qorbobo. 3. Diyor, Asarlar.
- Hoji bilan cypautdu va nazokat bilan unga joy koʻrsatdi: -Keling, Hoji bobo! Koʻrin-maysiz, kelmaysiz?A. Qahhor, Yillar.
Этимология
0. — ota; buva; oqsoqol
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0