Толковый словарь
bolta
болта
Значения
- Biror narsani (yogʻochni, goʻsht-ni va sh. k.) chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tigʻi dastasiga parallel metall asbob.
- Oyogʻiga (yoki tagiga, ildiziga, tomiriga) bolta urmoq (yoki qoʻymoq) Asosini, za-minini boʻshashtirib, qirqib, halokatga yoʻllamoq, puturdan ketkizmoq.
- Bolta (erkaklar ismi).
Примеры
- Bolta tushguncha, kunda dam olar. Maqol.
- Ming daraxtning boshini bir bolta chopar. Maqol. ■■
- Aq/ii, toʻngakning nozik yerini — yoriladigan yerini topib turib, bolta uradi — aqli bilan yoradi, oʻzini qiynamaydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Hovlida qor ustida bolta bilan oʻtin yorayotgan yirtiq-yamoq toʻnli bir yigit Elmurodni imlab chaqirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Oʻz oyogʻin-gizga oʻzingiz bolta qoʻymang, deyman! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Savdo xodimi boʻlib ishlagan vaqtida Majid Qurbonovning nafs ildiziga bolta urilgan edi. "Mushtum".
- ..mening oyogʻimga bolta urgan shu boʻladi. "Mushtum".
- U zulm ildiziga bolta urdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0