Толковый словарь
bordi-keldi
борди-келди
Значения
- Bir-birinikiga bo-rib-kelib turish, borish-kelish, oʻzaro yaqin aloqa.
- Biror manzilga borib, undan qaytib kelishgacha boʻlgan masofa.
- Turmushda uchrab turadigan may-da-chuyda, ikir-chikir tashvishlar, mashaq-qatlar.
Примеры
- Keyin-keyin oilaviy bordi-keldiga ham oʻtdilar, eski ginalar unut boʻldi. E. Aʼzamov, Javob.
- Ikki tomon — ota-onalarimiz orasida bordi-keldi bosh-lanib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Oʻsha vaqtlarda Zokir Faridani unutish uchun Lola bilan bordi-keldi qila boshlagan edi. Ochil buni koʻrib, tutab ketdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Hozir boramiz, bordi-keldisi mashinada bir yarim soatlik yoʻl. A. Qahhor, Asarlar.
- Ergash hali goʻdak edi, dunyoning bordi-keldisini bshgmas.. edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Yunusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay, chidab kelardi. S. Ahmad, Ufq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0