Толковый словарь
bozor
бозор
Значения
- Aholi savdo-sotiq qiladigan maxsus joy, maydon.
- Bozor qilmoq 1) bozordan u-bu narsalar olmoq, xarid qilmoq, xarj qilmoq.
- Shunday joyda savdo-sotiq qilina-digan kun.
- Bozor(i) kasod Talab boʻlmagan, oʻtmay qolgan narsa, mol haqida.
- Siyoyev, Yorugʻlik; 2) ehtiyoj katta, ta-labgorlari koʻp boʻlgan.
- Gʻala-gʻovur, chugʻur-chugʻur, shovqin-suron, shoʻxlik holati.
- iqt. Sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosa-batlari.
- Bozor iqtisodiyoti Tovar-pul muno-sabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat asosida tartibga solib turiladigan demokratik iqtisodiyot. Bozor muvozanati Bozordagi talab va taklifning miqaoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi.
- Taqdir, qismat.
- Biror harakat yoki faoliyatning haddan oshishi, avjiga chiqishi, qizishi.
- Bozor, Bozorxon (erkaklar va ayollar ismi).
Примеры
- Otang — bozor, onang — bozor. Maqol.
- Aql bozorda sotilmas. Maqol. n
- Yurt boy boʻlsa, uning bozori ham toʻkin boʻladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
- Bir aylanib kelay, deb Quva bozoriga chiqdim. S. Ahmad, Ufq.
- Sid-diqa bozor qilgani ketdi. S. Zunnunova, Koʻzlar.
- Nusratbek ikki kun ertalab oʻzi bilan toʻrva olib ketib, ishdan keyin bozor qilib keldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi; 2) shovqin-suron qilmoq, toʻpo-lon koʻtarmoq.
- Oyda-yilda bir bozor, uniyam yomgʻir buzar. Maqol. n
- Bugun bozor boʻlgani uchun Yodgor kech uygʻondi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Qoʻyavering, bugun bozor-ku, birpas dam olsinlar. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- -Ammo, — davom etdi Gulandom, — bozor kasodligidanmi yo ishi yaxshi unmagan/shgidanmi, dadam toʻquvchilik-dan yolchimadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Bozor kuni ayn. bozor 2.
- Bozor kuni, odam qalin. Oybek, Tanlangan asarlar. Bozor koʻtarmaydi 1) bu narxga bozorda hech kim olmaydi; 2) koʻchma s.t. boshqalarga yoqmaydi, hech kim tinglamaydi.
- ..ishxonalarda, ayniqsa koʻpchshik bilan muomala qilinadigan joylarda ..da-gʻallik va maynavozchiliklarni bozor koʻtarmaydi. T. Alimov, Iljaying, asakangiz ket-maydi. Bozor non(i) Sotish uchun tayyor-lanadigan maxsus non navi.
- Haya,1 oʻtmay, bir choynakda koʻk choy, siri koʻchgan patnisda toʻrtta bozor noni koʻtarib keldi Qudrat. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o. Bozor qaytdi Bozor vaqti tamom boʻlib, bozorchilar qaytadigan vaqt. Bozorga solmoq 1) molni sotish uchun bozorga olib kirmoq, xaridga qoʻymoq.
- Gaj-dumbek bozorga borsa, Hamza bir qulni bozorga solib turibdi. "Goʻroʻgʻli".
- Erta barcha xalo-yiq/iap keladi, Kuli, choʻrisini bozor soladi. "Nurali"; 2) diqqatni jalb qilish uchun biror narsani koʻz-koʻz qilmoq, aylan-tirib, koʻrsatib yurmoq.
- Bozor qizigandan keyin, otni minib, u yoq-bu yoqqa chopib, qam-chilab, sokrativ oʻynatib, bozorga sola berdi. "Hasanxon".
- Oʻz ishini bitirish uchun tuy-gʻularini bozorga solishdan toymaydi. S. Ka-romatov, Oltin qum. Bozori chaqqon 1) xa-ridori koʻp boʻlgan, tez oʻtadigan mol, narsa haqida.
- -Margʻilonda gazmol bilan poyabzalning bozori chaqqon, — dedi Homid. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- "Turkistonda oʻrik bozori chaqqon ekan, sotib kelay", deb bahona qildim. S.
- Imomlikning bozori chaqqon boʻlib ketganidan bizga oʻxshash oʻrtacha ahsh ilmtrga shafqat koʻzi bilan boquvchi boʻlmay.. qolgan edi. Gʻayratiy, Dovdirash.
- Tabibning bozori chaqqon hovlisida kamdan-kam boʻlar ekan. Mirmuhsin, Meʼmor. Bozori oʻtmadi 1) bozorda oʻtmay, sotilmay qoldi; 2) oʻziga yoki gapiga tarafdor chiqmadi; nomeri, hiyla-nayrangi oʻtmadi. Bozor(ini) olmoq yoki bozor qilmoq Bozor-ga borib, savdo-sotiq ishlarini bitirib kelmoq.
- Bozoringni oʻzing qil, tegirmoningni oʻzing tort! Maqol. n
- Kech bilan bozorni olib, somon sotib qaytgan tuyachining tuyasi-ga ikkita-ikkita mingashib, chopon bozorga qarab yoʻl soldik. Gʻ. Gʻulom, Shum bola. Boriga bozor ayn. boriga baraka q. baraka. Oʻzini bozorga solmoq salb. Oʻzini elga koʻz-koʻz qilmoq.
- Agar sevgining nimaligini bilsangiz, yuzingizdagi pardani yirtib tashlab, oʻzin-gizni bozorga solib oʻtirmas edingiz, Joʻra-xon! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Lof urib, oʻzini bozor solarmi ? Lof bilan qoʻlidan bir gap kelarmi? "Alpomish".
- Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. Maqol. a
- Bugun dala shiyponida bozor boʻldi. Hamma sizdan dargʻazab, raislikdan tushirmoqchilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- Munira tugʻ-ruqxonadan chiqqan kuni uy bozor boʻlib ketdi. F. Musajonov, Himmat.
- Tong yorishib, gujumlarda qushlar bozori boshlangan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Jahon bozori. Tashqi bozor. Ichki bozor. Bozor islohotlari. Bozor xoʻjaligi. m Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan muno-sabatlarga kirishadilar. "OʻzME".
- Dunyo bozorida terilarimizning narxi tushmasa deyman. S. Ahmad, Yulduz.
- Izinda joʻrasi koʻrmakka zordir, Maʼshuqlik deganing qiziq bozordir. "Qoʻshiqlar".
- Qurilganda ishq sav-doning bozori, Oʻynab-kulib shu kun tursa dildori. "Erali va Sherali".
- Oʻlim bozori (urush).
- Gap bozori. m Feruza bilan Norqoʻzining toʻyi ovoza boʻlgandan beri "Mehnat — rohat" qizlarining gap bozori qizidi. H. Gʻulom, Senga intilaman.
- Xuroson mamlakatida oʻlimning bozori qizib, xarob boʻlgan binolar ustida boyqushlar sayrashga kirishdi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi.
- Ajalning bozori shunday qizidi, Qizil qonga tulpor otlar toʻzidi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.
- Bazmi jamshidlarda, koʻnglim tila-magan davralarda, safsata bozorlarida kun-larim tamaki tutuniday koʻkka uchdi. X. Sultonov, Onamning yurti.
Этимология
\f. jl jl_> — bozor; savdo rastasi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0