Толковый словарь
bulbul
булбул
Значения
- Chumchuq-simonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush.
- Xushovoz xonanda; mohir notiq.
- koʻchma Oshiq, xushtor.
Примеры
- Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni. Maqol.
- Qush yoʻq joyda qurbaqa — bulbul. Maqol. m
- Ey dil-rabo, ishqing bilan devona boʻldim sogʻinib, Bulbul kabi tun kechalar giryona boʻldim sogʻinib. Hamza.
- Hammayoq jimjit. Faqat onda-sonda bulbullar nolasi eshitiladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Zoʻrgʻa-zoʻrgʻa qayrilib, yoniga qaradi: sevim,1i bulbuli, sochlarini toʻzgʻitib, shirin uyquda rohat qilmoqda edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz.
- Ergash ota haqiqatan ham xalq koʻnglini xonish qiluvchi shoir, xalq dardini, tilak-orzusini kuylovchi bulbul edi. „OʻTA“.
- Gul shoxiga bulbul qoʻnsa, bir qoʻnsin, Ikki bulbul qoʻnsa, sira qoʻnmasin. „Qoʻshiqlar“.
- Qaytayin, soʻlgandi chamanda gulim, Qoʻlimdan uchdi-ku mening bulbulim. „Nurali“.
- Qiz qizil gul boʻlganda, yigit — bulbul, Gulni izlab bulbul bogʻda tunamasmi?! „Qushiqlar“.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0