Толковый словарь
burda
бурда
Значения
- Kichik parcha, boʻlak (non, goʻsht va shu kabilar haqida).
- Bir burda boʻlib qolmoq Ozib-toʻzib, jussasi kichrayib, ojiz boʻlib qolmoq.
Примеры
- Bir burda patir. Koʻpchilik bir mushtdan ursa, oʻldiradi, bir burdadan bersa, toʻydiradi. Maqol. n
- Ertalab turib, bir burda non bilan bir piyola qatiq ichdim, keyin qaynatamnikiga joʻnadim. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil.
- Mana, goʻja ham tayyor: unda na yogʻbor va na bir burda goʻsht. J. Sharipov, Xorazm.
- Mana, koʻring, koʻylaklarini bir burdadan qshshbtashlabdi-ya!"Sharq yulduzi".
- -Rustam aka, Azizani shu kunda koʻrsangiz, bir burda boʻlib qoldi, — dedi achinib Muhabbat. V. Gʻofurov, Vafodor.
- Sayd otasining yelka-lari choʻkib, yuzlari bir burda boʻlib qolgani-ni payqadi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi. Bir burda yer (togʻ va b.) Kichik yer parchasi.
- ..bir burda togʻ qulasa, butun boshli qishloq aholisi tabiatning bu beboiishgidan tang qolardi. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Bir burda odam (yuz va b.) Jussasi kichik, ojiz, ozgʻin odam.
- Endi u butun umidini hali koʻz-larini ochmagan bir burdagina qizaloqqa qoʻygan. Yo. Xaimov va M. Rahmon, Hayot-mamot.
- ..bobo ayvon peshiga omonatgina choʻnqayib, xotinining bir burdagina soʻlgʻin yuziga tikildi. H. Gʻulom, Toshkentliklar. Ham xoʻrdani, ham burdani urmoq Unisidan ham, bunisidan ham baravar manfaatdor boʻlmoq, foydalanmoq yoki ham yemoq, ham olib ketmoq (olgʻir odam haqida).
- Ayniqsa, fartuqli kishilarning sersoqoli ham xoʻrdani, ham burdani uradigan koʻrinadi. "Mushtum".
Этимология
\f. — kesilgan, boʻlingan
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0