Толковый словарь
burga
бурга
Значения
- Sakrab yuradigan, qon soʻruvchi, qanotsiz mayda hasharot.
Примеры
- Burga tutishga ham barmoq hoʻllash kerak. — Maqol
- Shu payt oʻchakishgandek yelkasida, kuraklari ostida chumolimi, burgami oʻrmalay boshladi. — Xudoyberdi To‘xtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- Bit - g‘amdan, burga - namdan, pashsha - dimdan, kana - go‘ngdan. — Maqol — —
- Burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘yma. — MaqolBurga tepdi - yengil, oʻtkinchi kasalga duchor boʻldi.
- Burga tepdi, shekilli, vrachlarni picha bezovta qilib qoʻydik. — — Mushtum
- Qalay, tuzukmisiz, ancha-munchaga soʻz bermas edingiz, nima boʻldi oʻzi, yo bu safar burganing kattasi tepdimi, deyman-a? — To‘xtash Ashurov — Oq otBurganing koʻzini koʻrgan - salb. koʻpni koʻrgan, pixini yorgan.
- Burganing koʻzini koʻrgan odam.
- Trebenko oʻz atrofiga Pruglo singari burganing koʻzini koʻrgan qalloblarni toʻplay boshladi. — — MushtumBurgaga achchiq qilmoq - biror narsadan (kimsadan) achchiqlanib, nooʻrin harakat qilmoq.
- Keyin ham burgaga achchiq qilib, olti yashar qizchasini qaynonasiga qoldirib, turmush qurib ketgan. — — Mushtum —
- Axir burgaga achchiq qilib, koʻrpa kuydirish yaramaydi. — Mirmuhsin — Umid
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0