Толковый словарь
chalmoq
чалмоқ
Значения
- . Musiqa asbobida biror kuy, ohang ijro etmoq.
- . Sado, ovoz chiqaradigan, signal bera-digan asboblarni ishga solmoq.
- . Biror aʼzo vositasida tovush, sado, ovoz chiqarmoq (odam haqida).
- . Sado, ovoz chiqarmoq (jonsiz narsa-lar haqida).
- Chapak chalib qolmoq chapak.
- Qorni nogʻora chalyapti (hazil) Qorni och kishi haqida.
- =chalmoq II=
Примеры
- Nogʻorachi yigit usta ekan! Shunday berilib, shunday terga botib chaldiki, osmon pardasini iirtib yuborguday boʻldi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Qoʻngʻiroq chalmoq. Gudok chalmoq. Oʻt oʻchirish mashinasi ustma-ust signal chaldi.
- Sher chapak chalaman deb, qoʻlidan koʻkchani tushirib yubo-rishiga sal qoldi. — S. Anorboyev — Hamsuhbat-lar.
- Ashur ikki barmogʻini ogʻziga tiqib, hushtak chaldi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Men boray, kurtaklar kutib qoldilar.. Men boray, shamollar hushtak chaldilar. — "Yoshlik".
- Yellar chalgan chapakdan Novdalar uxlar qonib. — "Yoshlik".
- Pulim yoʻq, qornim nogʻora chalyapti, deydiganlarga goh bir soʻm-yarim soʻm choychaqa tashlab oʻtishadi. — X. Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0