Толковый словарь
chama
чама
Значения
- Oʻlchov, meʼyor.
- Moʻljal, taxmin.
- Mening fikrimcha: shekilli.
- Chama son tlil. Chama, taxmin bildiruvchi son.
Примеры
- Har bir ishning chamasi bor, Har daryoning kemasi bor. — Maqol.
- Chamamda soat uch boʻldi. Chamangda shu qovun necha kilo keladi? n
- Ularning [odamlarning] chamalaricha, bu yer-larda ish hali uch-toʻrt kunga yetib ortardi. — "Sharq yulduzi".
- Chamamda, qiz oʻsha tomonga burilib oʻtirishni istardi. — "Yoshlik".
- Lashyu mening kelishimdan hayron boʻldi chamamda. — M. Qoriyev — Oydin kechalar.
- Chama son bilan aniqlash esa ilmiy informatsiyaning xarakteriga umuman mos kelmaydi. — "OʻTA". Chamaga keltirmoq yoki chama olmoq Payt poylab turib amalga oshir-moq, qilmoq.
- Ali polvon bilan bel olishdim! Xumpar kurashning hadisini xoʻp olgan ekan. Meni bir necha vaqt aylantirib yurdi, soʻngra chamaga keltirib, yonboshiga olmoqchi va yerga urmoqchi boʻldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0