Толковый словарь
chekmoq
чекмоқ
Значения
- . Tortmoq, urmoq.
- . Boshdan kechirmoq, ruhan yoki jisman his qilmoq.
- Jon chekmoq Astoydil, jonini jabborga berib ishlamoq, harakat qilmoq.
- Oh (yoki nola, faryod, yohu) chekmoq. Chuqur qaygʻurib, iztirob bilan yigʻlamoq; oh tortmoq.
- . Isteʼmol qilmoq.
- . Sanchib, kuydirib, bosib tasvir, naqsh, bezak hosil qilmoq, bezamoq.
- Imzo chekmoq Qoʻl qoʻymoq.
Примеры
- Tigʻchekmoq.
- Armon bilan bilmaganni bildirar, Xanjar chekib, qora bagʻring tildirar. — "Kun-tugʻmish".
- Azob chekmoq. Mashaqqatlar chekmoq.
- ..foniy dunyo azob-uqubatlarini koʻp chekkan banda boqiy dunyo rohatini koʻradi. — Mirmuhsin — Memor.
- Meʼmorning dasht oftobida sardoba qurib beraman, deb jon chekib yurganini koʻrayotgan shogirdlari ustodga achinishardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ohlar chekib har dam kunduz, Joʻrasi yoʻq oʻzi yolgʻiz. — "Bahrom va Gulandom".
- Qobil Komilovichning oʻzi esa ayvon ustuniga dam-badam boshini urib, nola chekardi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Yigitlar maktubin bitganda qondan, Kelinlar firoqdan chekkanda yohu, Uning ham panohi qaytmadi jangdan.. — A. Oripov.
- Sigaret chekmoq. Chilim chekmoq.
- Oramizda besh kishi maxorka chekadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Men ham uni koʻtarayotganimda, shunday achimsiq hid dimogʻimni yorib yuboray degandi, nasha chekkaniga iqror boʻldim. — Gazetadan.
- U ayvon chekkasida sigaret chekib turardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Egnida toʻq koʻk sheviotdan kostyum, yoqalariga gul chekilgan och pushti bluzka. — Oydin — Suhbati jonon.
- Safo Avezov oʻng qoʻli bilan aktga imzo chekdi. — "Mushtum".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0