Толковый словарь
chidamoq
чидамоқ
Значения
- Ruhiy yoki jismoniy qi-yinchiliklarning tugashini sabr bilan kutmoq; ularga bardosh bermoq.
- Koʻp, uzoq mudsat xizmat qilmoq.
- Turli sharoitlarda (oʻt, suv, zax va sh.k. taʼsiri ostida) oʻz xususiyatlarini saqlamoq.
- Yetmoq, kifoya qilmoq.
- Beti (yoki yuzi) chidamadi Biror xatti-harakatni amalga oshirishdan uyaldi.
Примеры
- Ogʻriqqa chi-damoq. Qiyinchilikka chidamoq. Sovuqqa chi-damoq. Tanqidga chidamoq. Qirqiga chidagan, qirq biriga ham chida. — Maqol. ■■
- Bu gap men-ga ancha ogʻir botdi, lekin chidadim. — "Yoshlik".
- Toshning qirrasi oyogʻiga yomon botdi, lekin chidadi. — "Yoshlik".
- Eti-gim uzoq chidadi. Boʻzdan koʻra satin uzoq chi-daydi.
- Oʻtga chidaydigan gʻisht. Kislota-ga chidaydigan material.
- Yotib yeganga turum togʻ chidamas. — Maqol. ■■
- [Mirzaka-rimboy:] Har nimani bozordan olaversa, Su-laymonning gʻaznasi ham chidamaydi, jiyan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu odamning kutilmaganda oʻrtaga tashlagan taklifiga javob berishga Ishoq Maxsum bilan Usta Moʻminning beti chidamadi. — Gazetadan. ..necha marta undan gap soʻrashga ham chogʻlandim, lekin oʻzbekchilik e
- kan, yuzim chidamadi. — O. Muxtor — Egilgan bosh. Chidaganga chiqargan 1) kutilmagan, xoxdamagan narsa, voqea-hodisaning roʻy berishi muqarrar, uni chidam bilan qabul qilish zarur yoki biror narsani kuchi yetgan oladi, degan maʼnolarda ishlatiladigan ibora.
- -Uyla-nishni chidaganga chiqargan, — dedi magazin-chi togʻamning suyukli xotini xoxolab. Gazetadan; 2) bir vaqtlarda tanqis boʻlgan yozlik yupqa chitning nomi. Chidasang — shu, chidamasang — katta kucha Shu sharoitga, mavjud holatga koʻnikishga majbursan, maʼ-nosidagi ibora.
- [Nuri] Mehmonga kelgan takkabbur kelin kabi, yalqovlanib kezdi, gi-los gullarini tomosha qildi. U shu bilan qaynanasiga: "Chidasang — shu, chidamasang — katta koʻcha. Onam meni ish uchun tuqqan emas".. demoqchi boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0