Толковый словарь
chora
чора
Значения
- . Biror ishni, maqsadni amalga oshirish, roʻyobga chiqarish yoki uning oldini olish uchun puxta oʻylab tuzilgan, ishlab chiqilgan tadbirlar majmui; iloj, tadbir.
- Jazo choralari Maʼmuriy yoki sud yoʻli bilan beriladigan jazolar.
- Maʼmuriy choralar Maʼmuriy yoʻl bilan beriladigan jazolar.
- . Biror qiyinchilikdan, murakkab vaziyatdan qutulish yoʻli; iloj.
- Chora koʻrmoq 1) tadbir koʻrmoq; biror maqsadni, ishni amalga oshirish yoki uning oldini olish uchun zarur sharoit yaratmoq.
Примеры
- Soʻnggi chora. Keskin choralar. Ehtiyot choralari. Kasallikka qarshi kurash choralari.
- Zavod iqtisodini koʻtarish choralarini izlab topish eng dolzarb masala boʻlib turibdi. — Gazetadan.
- Chora izlamoq. Chora topmoq.
- Qayin otangiz, ehtimol, buning biror chorasini topar! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- U [Temur Malik] moʻgʻullarga pand berib, ularni qirib tashlash chorasini izlardi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Dolon oʻrtasida tezak tutab turadi. Bu chivinlardan saqlanish uchun bir chora. — J. Sharipov — Xorazm.
- Vrachlar mumkin boʻlgan barcha tibbiy choralarni koʻrdilar. — "Fan va turmush".; 2) ilojini yoʻlini topmoq, ilojini qilmoq; 3) jazo, tanbeh bermoq.
- Qayerda qoʻy yoʻqolsa, Aybdor — biz, boʻrilar. Yegan mudir-ku, unga Qachon chora koʻrlar? — Gazetadan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0