Толковый словарь
dabdabali
дабдабали
Значения
- Haddan ortiq hashamga berilgan yoki bezalgan; serhasham, mahobatli.
- Quruq, balandparvoz gaplar bilan toʻlib-toshgan; ortiq darajada bezatilgan, boʻrttirilgan.
- Haddan ortiq tantanali, shov-shuvli.
Примеры
- Dabdabali imorat. Dabdabali qiyofa. m
- Arava bir lahzada oʻzining dabdabali koʻrinishini yoʻqotdi. — K. Yashin — Hamza.
- Marhumlar xoti-rasini hurmatlash ularning qabrlariga dabdabali yodgorliklar oʻrnatish, har xil bitiklar yozish bilan oʻlchanmaydi. — Gazetadan.
- Usmonbek Oʻratepa qozisiga qarashli dabdabali uyda darcha yonida yolgʻiz oʻtirib, Turkistonning harbiy xaritasini koʻzdan kechirmoqda. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Dabdabali vadalar. Dabdabali gaplar. sht Maqolaga juda dabdabali yearlavha qoʻyilgan edi. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
- Intizomni mustahkamlash uchun kurashda dabdabali soʻzlar emas, balki amaliy ish kerak. — Gazetadan.
- Filmda dabdabali soʻzlar, balandparvoz iboralar yoʻq, tomosha -binning oʻzi voqealardan xulosa chiqarib oladi. — Gazetadan.
- Keyin Ubaydullayev usta koʻrmagan rassomlarni yigʻib, bir qancha dabdabali plakatlar tayyorlatdi. — Gazetadan.
- Dabdabali toʻy. n
- Daromadga qarab buromad deganlaridek, toʻy ham shunga qarab juda dabdabali oʻtdi. — "Mushtum".
- Osmondagi dabdabali, ammo foydayeiz chaqmoq boʻlishdan koʻra yerda bir tutam olov boʻlib, bir gʻarib-ning qozonini qaynatmoq afzaldir. — Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
Этимология
1 Vahima tugʻdiradigan, larzaga keltiradigan. \Navoiy
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0