Толковый словарь
dabdala
дабдала
Значения
- dabdala boʻlmoq yoki dabdalasi chiqmoq 1) parcha-parcha boʻlmoq, chilparchin boʻlmoq.
Примеры
- Soat yerga tushib dabdala boʻldi. tt Shofyor minaga duch kelib dabdala boʻlgan mashina yaqinida jonsiz yotardi. — V. Gʻofurov — Vafodor; 2) vayron-tolqon boʻlmoq, yer bilan yakson boʻlmoq.
- Bombardimonlar na-tijasida shaharlar dabdala boʻlgan edi; — 3) yirtilib — toʻzib ketmoq.
- Nuqul qirra tosh, shagʻalli togʻlarda etik, botinkalarimiz yirtilib.. dabdala boʻlib, tagcharmining sogʻ joyi qolmadi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Bashirjon ancha dadillandi. Choʻntagidagi muqovasi titilib, dabdalasi chiqib ketgan oʻsha yondaftarchani varaqladi. — N. Aminov — Qahqaha; 4) aʼzoyi badanining butun yeri qolmay shikayet yemoq.
- Kaltak yeb dabdala boʻldi. n
- Men yakka, dushmanim edi bir gala; Belim, oyoqlarim boʻldi dabdala. — Mirtemir — Asarlar; 5) ishdan chiqmoq, yaroqsiz boʻlib qolmoq. Dehqon zoti borki, hozir qon yigʻlab yotibdi: dabda,sh boʻlib, kukuni chiqib yotgan yerlarni koʻrib, odam tu gul mol-jonivorlarga ham titroq tushyapti. A. Muxtor, Chinor; 6) buzilmoq, izdan chiqmoq.
- Laʼlixon ishdan chetlatildi; asablari dabdala boʻlgan Joʻra-qulov yana jangga kirdi. — Mirmuhsin — Ildiz-lar va yaprokdar; 7) rasvo boʻlmoq, siri fosh boʻlmoq.
- Dadaboyning baland boʻlib dabdabasi, Oxir chiqdi dabdabasin dabdalasi. — "Mushtum".
- Guvohlarning dabdalasi chiqqandan keyin Gʻulomjon dedi.. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Dabdala qilmoq 1) buzib ishdan chiqarmoq. Telefon simlarini da6dajia qilib tashlashgan.. B. Rahmonov, Mardlar qissasi; 2) vayron-tolqon qilmoq, yer bilan yakson qilmoq.
- Germaniyaning eski chegarasidagi istehkomlar ham turish berolmadi. Aviatsiya osmondan dabdala qildi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Ana-mana deguncha sel hamma yoqni dabdala qildi. — I. Mirzayev — Toʻyboshilar; 3) urib qonga boʻyamoq, pachaqlamoq. Ha, aytganday, agar yomonlikka olsam, hozir urib, basharan-gizni dabda/ia qilar edim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Siz qoʻy, demaganingizda, ogʻzi-burnini dabda/Sh qilib, alamdan chiqay degan edim. P. Tursun, Oʻqituvchi. Aft-basharasini dabda/ia qildi. S. Anorboyev, Oqsoy; 4) ru-hiy azob bermoq, ruhan charchatmoq.
- Kun botsa bas. Dard bilan ozor Qiz yuragin qilar dabdala. — O. Hojiyeva — Hayotga taʼzim.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0