Толковый словарь
dadil
дадил
Значения
- Dangal ish tutadigan, qoʻrqib, hadiksirab oʻtirmaydigan; dovyurak.
- Shijoat bilan toʻlib toshgan; jasu-rona, mardonavor, shaxdam.
- Qoʻrqmay, ishonch bilan, bemalol, tor-tinmay.
- Jismoniy, maʼnaviy jihatdan ba-quvvat; tetik, bardam. Elmurod odamlar toʻl-qinida Fotima bilan yonma-yon yurarkan, oʻzini har vaqtdagidan dadwi va yengi>\ sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Moddiy jihatdan oʻzini tutib olgan; boy-badavlat.
- Hamyoni dadil Serpul, puldor.
- Eng muhim, dolzarb, zaruriy.
Примеры
- Dadil bola. Dadil xotin. n
- Rahimberdi oʻziga ishongan, dadil yigit edi, ish,shb charchamasdi. — X. Toʻxtaboyev — Felyetondan soʻng.
- Kodami, tovushi dadil. Har qanday mushkuldan man tortmay, tikka qarshi boradigan dovyurak odam koʻrinadi. — A. Muxtor — Asarlar.
- Dadil qadamlar. n
- Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotinlar — onalar jasur. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tursunboy togʻli qishlogʻi tomon jiddiy, dadil odim tashlab boryapti. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari". Sherimbek dadshg borib, Bobur mingan boʻz otning oltin bezakli yuganidan oldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Mehnat qilgan odam doim boshqalarning yuziga dadil qaraydi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Dadil javob. Dadil tanqid. sht Uzoqdan boʻlsa-da, Yoʻlchiga dadil qaraydi, baʼzan yashirin iljayadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dadil tashlayotgan qadamlariga qaraganda, unda ikkilanishdan asar ham yoʻq. — Gazetadan.
- -Nima yordam kerak, tortinmay, dadil murojaat qilavering, — dedi Boy-mirzayev. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Maʼruf Nazarov kinematografiya, dramaturgiya sohasida ham dadil qalam tebratyapti. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
- Darmoni qurigan yigit oʻzini dadil tutishga tirishar, lekin munkib-munkib ketar edi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Shundan keyin Normat oʻzini yanada dadil sezdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Jamoa xoʻjaligimiz bu yil ancha dadil boʻlib oldi. — Gazetadan.
- ..eng dadil gʻoyalarni oʻrtaga tashlab, uni roʻyobga chiqargan irrigatorlarning mardligi haqida hikoya qiladi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0