Толковый словарь
dajjol
дажжол
Значения
- Islom diniga koʻra, qiyomat yaqinlashganda paydo boʻlib, odamlarni dindan, toʻgʻri yoʻldan ozdiruvchi, odamsimon bir koʻzli maxluq.
- Oʻtaketgan beshafqat va firibgar.
- Malʼun, iblis, shayton.
Примеры
- Bu hikoyadan [Elmurod] vujudini vahima bosib, boshini koʻrpaga burkab oldi: dajjol degan bir maxluq kechasi bilan togʻlarni kemirarmish. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Dajjolning bir koʻzi koʻr boʻlar ekan. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Dajjolda rahm-shafqat boʻladimi — "meni toza kaltaklashdi, kechasi qochib ketdim, Yaxshi buva." — J. Sharipov — Xorazm.
- Sen qattollarning qattolisan, dajjollarning dajjolisan. — Sh. Rashidov — Asarlar.
- Mulla Roʻzi [Maysaraga:] Ha, men oʻlgani keldimmi? Bir yoqdan joʻnat qani, dajjol. — Hamza — Maysaraning ishi.
- Voy-voy.. Yo pirim! Obbo, dajjollar-ey! — Hamza — Zaharli hayot.
Этимология
arab. – yoʻldan uruvchi, firibgar, yolgʻonchi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0