Толковый словарь
dallol
даллол
Значения
- Savdo-sotiqda oluvchi bilan sotuvchi oʻrta-sida vositachilik qiluvchi, molga narx qoʻyib, ularni kelishtiruvchi kishi.
- salb. Oʻrtada turib, nojoʻya ishlarni bi-tishtiruvchi, murosaga keltiruvchi, vositachi.
- Dalla, qoʻshmachi.
Примеры
- El nazar qilmasa, eshak bozoriga dallol ham boʻlol-maysan! — Maqol.
- Tilninguzunidallolgakerak. — Maqol. m
- Muhsin guppi avvaldan dallol yollab olgan shekimi, ikkovlashib bir turk-mandan gilam savdolashardi. — "Sharq yulduzi".
- [Koʻziboy:] ..Rahimga nima debaytaman-a? Oʻrtada dallolmisan, demaydimi!? — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Sizga oʻxshash dallollarga hojat yoʻq. Men sizni xoʻp sinaganman. Siz xalq boʻronini toʻsmoq-chimisiz? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gulsanam bola chogʻida onasi bilan dalada ishlashga oʻrganib qolgan edi. Endi eshikka chiqarmay qoʻyishdi: xonning dallollaridan qoʻrqadilar. — Oydin — Oltin uzukka olmos koʻz. [
- Gʻofir:] Axir dallol degan-da paranji boʻladi-da, choponni yigit kishi kiyadi. — Hamza — Boy ili xizmatchi.
- Iyagidauch-toʻrt tola soqol koʻzga tashlangan, baland boʻyli, baquvvat, erkaksimon dallol kampir uni [kuyovni/ yetaklab, palak ostidan qizga keltirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Этимология
|a. JVj — jarchi; vositachi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0