Толковый словарь
dam
дам
Значения
- Nafas, tin.
- Dam solmoq etn. Duo oʻqib, “kuf-suf” qilmoq, kufsuflamoq.
- Ishdan boʻsh vaqt; orom, \ordiq.
- Biror narsa ichiga yigʻilgan, toʻplangan havo, gaz.
- Oshqozon yoki ichakda ovqatdan paydo boʻlgan yel, gaz.
- Taft, issiq, harorat.
- Pyesalar.
- Kuch, zoʻrlik; shiddat.
- Kibr-havo; hovur.
- Bugʻ, hovur, par. .
- Dam yemoq Damlangandan keyin oʻz bugʻi
- bilan yetilmoq.
- Dam yemoq Pand yemoq; boʻsh kelmoq, yen-gilmoq.
Примеры
- Damim kiytib ketyapti. Damimni rostlab olay. Chukur dam oling.
- Jinday damimni rospiab olay, uh.. haliyam oyogʻimning kaltirogʻi bosilgani yoʻq. — Hamza — Paranji sirlari.
- Baxtingiz bor ekanki, menday koʻli yengil, dami oʻtkir romchiga yoʻlikdingiz. — K. Yashin — Hamza.
- Ot pishqirgan damiga Erir togʻdagi korlar. — "Oysuluv".
- Kampir Avazning koʻnglidagini 6wiu6, duo oʻqib, tuprokki dam solib, sochdi. — "Malikai ayyor".
- Nuriu kishiga borib, dam soldirib keladi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Dam urmoq I) chuqur nafas olib “puf” demoq, puflamoq; 2) ayn. dam solmoq.
- \Domullani\ Otxonaga boshlab kirdim. Taqsir, mana bemor, dedim. Domulla kuldi.. Keyin duo oʻkib, otga dam urdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Normat soʻfi beshik-tervatday likillab, nimalarnidir pichir-lab oʻkir, kelinoyisiga dam urardi. — "Mushtum"; 3) ogʻiz ochmoq — aytmoq. Duch kelganning lekin biri ham, Otang —
- men, deb urolmadi dam. — H. Olimjon.
- Hammasi \polvonlar\ nima Kilarini bilmay, boshini kishib, birontasi ham boraman, deb dam urmadi. — "Zulfizar bilan Avazxon". Dami ichiga tushib ketmoq I) nafasi qaytib ketmoq, nafas ololmay qolmoq.
- Mashhur artistning dami ichiga tushib ketdi. S. Ahmad, Ufq.
- Yana damim ichimga tushdi. Boʻron nafasni boʻgʻardi. — H. Nazir — Muhabbat; 2) jim boʻlib qolmoq.
- [Elmurod] Bir nafas dami ichiga tushib oʻtirdi-da, soʻng ogʻir bir entikib: -Hay, mayli.. — dedi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Xoʻja nomini eshitib, Gʻulomjonning dami ichiga tushib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.; 3) nima deyishini bilolmasdan, ogʻzini ocha olmay qolmoq.
- Bu — Ismat-xoʻjaga ayil botdi, shekilli, dami ichiga tushib ketdi. — Oydin — Hazil emish. Damiga tortmoq 1) chuqur va kuchli nafas bilan ichiga tortmoq, yutmoq.
- Qarasa, qattiq boʻron koʻtarilib, ajdar qizni oʻz damiga tortayotganmish. — "Oltin beshik".
- Gazning shamoli odamni damiga tortadi. P. Qodirov, Erk; 2) oʻz taʼsiriga olmoq, ilin-tirmoq.
- Bizni shyunday avrab, damiga tor-tayotganlar kimlar? — Nuʼmon hoji, Mir-haydar xoʻja, Oqilxon toʻralar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Damini ichiga yutmoq Gapirmasdan, jim turmoq.
- Bu yoqda qolgan xotinlar damlarini ichlariga yutib, churq etmay turishipti. S. Ahmad, Ufq. Damingni chiqarma 1) nafasingni chiqarma; 2) hech kimga aytma, gapirma, gʻing dema.
- Birmahal-ladan bir qizni olib qochishdi. Boyvachchaning xizmatkorining qizi emish.. Damingni chiqarma! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dam bermoq. Dam olmoq. Dam bermay yugurtirmoq. Dam olish uyi. n
- Ertaga yakshanba, dam olish kuni. Oʻzbekiston bahorining gurkiragan payti. — Gazetadan.
- Sohibjon damini olib, yana yoʻlga ravona boʻlibdi. — "Zumrad va Qim-mat".
- Hatto Sharofat bilan ikki marta dam olish uyiga borganmiz. — “Mushtum”.
- Ballonga dam bermoq. Dami chiqqan ballon, m
- ..Ahmad, dami chiqqan pufakdek, boʻshashiboʻtiribqoldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ilgari govmish sigirning yelinidek solinib turadigan bagʻbaqasi soʻlgan, dami chiqqan pufakday shalviragan. — A. Qahhor — Sarob.
- Xom oʻrik qorinni dam qilar, Gʻoʻr masala — boshga kalava. — Maqol. m
- Yangi uzilgan uzum ichni dam qiladi. — K. Mahmudov — Oʻzbek tansiq taomlari.
- Ammo oʻziyam damiga osh pishadigan otaxonlardan. O. Yoqubov,
- Qiyom chogʻi edi. Quyosh damini gʻir-gʻir esgan shamol kesar edi. — Oybek — O.v.shabadalar.
- Azimjon oʻz rotasidagi jangchilar bilan dushmanning damini kesdi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Azmkor xalqning dahshapsh hamlasi ofat-ning damini kesdi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Qishning dami kesila boshladi. — Oybek — Navoiy.
- Damidan tushmoq (qaytmoq). Ha/iu xomsan, pisharsan, bu damingdan tusharsan. — Maqol. m
- Bugun Buxorodan komissiya kelganini eshitgan boʻlsa kerak, kechagi dami ham qolmagan. — S. Ayniy — Qullar.
- Oʻrinboy ogʻzidagi oshini oldir-maydigan, tutganini shart kesadigan, dami balandgina koʻringan edi. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
- Choy dam yedi. m
- Osh dam yeguncha, piyola necha bor qoʻldan qoʻlga oʻtdi. — S. Ayniy — Doxunda.
- Oshpaz shiypon tagidagi tol tagida kapgirni boshidan baland koʻ-tardi, bu osh dam yeganligiga ishora edi. — I. Shamsharov — Gʻurumsaroyliklar.
- Maqtanchoqqa dam yemasman. — Habibiy.
- Birovdan dam yemasman, soʻzga polvon, qah-ramonman der. — "Mushtum". Dam turmoq Jim boʻlmoq, tinch, dim turmoq.
- Dam turing, bitdi quloqlar, lahza, jon qurbaqalar. — Muqimiy. Dami ichida Aytadiganini ay-tolmaydi, tili qisiq.
- Rayhon qishloqda, qizinikida turgan kunlarda Zumradbibining dami ichida boʻldi. — H. Gʻulom — Senga inti-laman.
- Tojiboy.. qizining yoʻqolganidan koʻra odamlar oʻrtasida isnodga qolishidan qoʻr-qardi. Er-xotinning dami ichida, undan-bundan soʻrab surishtiraylik deyishsa, gap-soʻz tarqab ketadi. — S. Zunnunova — Gulxan. Dami kesilmoq 1) gapi boʻlinmoq, soʻzlay olmay toʻxtab qolmoq.
- U Valixonga izoh berishga astoydil tayyorlangan edi, Vali-xonning qoʻl siltab, pad qilganini koʻrgach, dami kesilib, ogʻzini ochganicha, tek qarab qoldi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Xubbiboi.. oʻzining “yoʻqligidan ” shikoyat qilish uchun ogʻzini jufpiasa ham, ammo birdan dami kesilib qoldi. A. Qodiriy, Obid ketmon; 2) shiddati pasaymoq, susaymoq.
- Ammo bunda kuyovning ishtiroki koʻrilmay, shuning sha mening damim kesilibqoldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Damini kesmoq (yoki qirqmoq, qaytarmoq) 1) quvvatini ketkazmoq, taʼ-sirini pasaytirmoq.
- Issiqning va yogʻli ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan qoʻl uzmas edi. — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) taʼzirini bermoq, tarbiyalamoq; oldini olmoq.
- Ularning fikrlaricha, koʻpni koʻrgan mugʻambir va pishiq domla oʻqituvchi bolani yaxshilab tuzlamoqda va damini qaytarib qoʻymoqda edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bu tadbir orqali ayrim koʻzboʻyamachi qalloblarning damini qirqmoqchi boʻlgashtr. — Gazetadan.
Этимология
I \f. — nafas, tin
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0