Толковый словарь
davo
даво
Значения
- Bemorning shifo topishi uchun qoʻllanadigan vosita; muolaja; umuman shifobaxsh narsa.
- Davo qilmoq; 1) davolamoq, muolaja qilmoq, kasalni tuzatmoq; 2) koʻmak yetkazmoq, yordam qilmoq.
- Tadbir, chora, iloj.
- Davo topmoq; 1) kasalni tuzatadigan vosita, dori-darmon topmoq.
Примеры
- Quyosh, havo — tanga davo. — Maqol.
- Asal — ming dardga davo. — "Qanotli soʻzlar".
- Olma sharbati organizmning kasalliklarga qarshiligini oshiradi, yurak-tomir kasalliklariga davo. — "Saodat".
- Kashnich meʼda kasaliga mubtalo boʻlgan kishilarga davo hisoblanadi. — Gazetadan.
- Uning qoʻlida davo topgan bemorlar oʻz xaloskorlaridan bir umr minnatdor boʻlishadi. — Gazetadan.
- Amalga davo yoʻq, Yomonga — balo. — Maqol.
- Ogʻriq tishning davosi — ombir. — Maqol.
- Musibatning birdan-bir davosi – mehnat. — "Sharq yulduzi".
- Oʻtar bobo boshliq saroy tabiblari uning dardiga davo topolmadilar. — S. Siyoyev — Avaz. 2) davolanmoq, shifo topmoq; 3) iloj topmoq.
Этимология
arab. – dori-darmon; iloj
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0