Толковый словарь
daydi
дайди
Значения
- Doimiy turarjoyi va bel-gili kasbi boʻlmagan, bir joyda qoʻnim top-maydigan; darbadar (odam haqida).
- Doim tentirab, daydib, sanqib yura-digan; sanqi.
- Har yokda izgʻib yuradigan.
- Bemahal va betartib harakat qiladigan, yoʻnalishi oʻzgarib turadigan.
- Daydi gai Ogʻizdan ogʻizga oʻtib yurgan ran, mish-mish ran.
- -Oʻzbek tilining izoxli lugʻati
Примеры
- Daydi hayot kechirmoq. m
- Tayini yoʻq daydi. Mash-had bekatlarida yurib, maynavozchilikka oʻrganib qolgan. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Daraxt bir joyda koʻkaradi.. Otang rah-matli umr boʻyi shu yerdan bir qadam jilgan emas edi. Sen daydi boʻlib qolding. — P. Tursun. Oʻqituvchi.
- Daydi odam, yash Kir yuvib oʻtirgan opam orqamdan qichqiradi: -Yana qayerga, daydi? — Oybek — Bolalik.
- Doʻppi tikib qon boʻldim Daydi, sayoq ahmoqqa. — "Boychechak".
- Tagʻin qayoqni koʻzlayapsan, daydi! Bola boʻlibhech foydang tegmaydi!\. — Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Unda-munda bir eshik uchraydi. Lekin och-oriq, daydi itlar koʻproq sanqib yuradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Daydi shamol. Daydi bulut. Daydi toʻlqin. yaya Havo hamon bulut boʻlib, koʻklamning daydi shamoli guvullab esib turardi. — N. Fozilov — Diydor.
- Handalak boʻyini asta ufurib oʻtgan daydi shabada palaklar oromini buzdi. — N. Fozilov — Diydor.
- Quyosh dumalab, koʻkka koʻtarilar, daydi bulut parchalarining koʻlankasi qishloq ustidan oʻtib turardi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Ishga yaroqli odamlarning hammasi dalada boʻldi.. daydi suvning yoʻlini oʻzgartirib turdilar. — Gazetadan.
- \Mirzaqul:\ Daydi gapga quloq solmang! — N. Safarov — Uygʻonish. Daydi OʻK Bemoʻljal otilgan, bexosdan kelgan oʻq.
- Fashist merganlarining daydi oʻqi Toʻra-boyning boshiga kelib tegdi. — N. Safarov — Jangovar sahifalar.
- ..chinqirab kelayotgan daydi oʻqlar esa daraxtlarning shoxlarini choʻrt-choʻrt uzib tashlar edi. — M. Muhamedov — Qahramon izidan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0