Толковый словарь
dev
дев
Значения
- mif. Ertak va xalq dostonlarida shoxli, dumli, benihoyat ulkan odam qiyofasida tasavvur etiladigan, ezgulikka qarshi ku-rashuvchi xayoliy maxluq, yovuzlik timsoli.
- Chinor tagida bir supa ustida qirqta dev uxlab yotibdi. "Ertaklar".
- Davangirday, beoʻxshov, qoʻpol gavdali.
- Sulaymon oʻldi — devlar qutuldi Qat-tiqqoʻl kishi ketib, \amma istaganini qila olishiga — oʻzboshimchalikka imkoniyat tu-gʻilishi (mifga koʻra, Sulaymon paygʻambar oʻzboshimcha devlarni bandga solib qoʻygan, Sulaymonning vafotidan soʻng ular erkin nafas olganlar).
- Dahshat; qoʻrqinch; salobat.
- Katta, ulkan; bahaybat.
Примеры
- Usgan yurtin toza aniq bildingmi, Soʻyla, xonim, devu jinni koʻrdingmi? — "Murodxon".
- Devni oʻldirib boʻlmaydi, deyishadi, shu rostmi ? Uning qoni toʻkilsa, har tomchisidan ming dev paydo boʻlaveradi, deyishadi. Shu rostmi? — Mirmuhsin — Meʼmor.
- [Qizingizni] Erga bermay, devga berdingiz. — M. Ismoiliy — Fargʻonat.o.
- Polvon ketidan Matyoz dev ham “Polvon ogʻadan qolishmay ”, deb oʻz kuchiga yarasha ishlangan katta gʻa/ztak aravani itarib borardi. — J. Sharipov — Xorazm.
- ..Nega hammang ish qilmay, bekor oʻtiribsanlar? Sulaymon oʻlib, devlar qutulibdi-da! — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Tesha-boyning yuragida bosh koʻtargan gumon devi Toʻraxonning.. oʻpkalaridan keyin yota qoldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Makrning, muno-fiqlikning devi hamma fazilatlarini oʻz komiga tortibdi. — Oybek — Navoiy.
Этимология
f. دیو — jin, iblis; yovuz, zolim
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0