Толковый словарь
devona
девона
Значения
- . Aqldan ozgan, esi past; telba, savdoyi.
- . Allohning vasliga yetishish umidida zikru samoga berilib, bu dunyo ishlaridan voz kechgan sufiy, darveshsifat odam.
- . Biror maqsad, harakatga tamoman berilib, es-hushdan ajralgan.
- . Xayr-sadaqa bilan kun koʻruvchi; gado, tilanchi.
- . Erkalatib gapirganda yoxud hazil tariqasida “jinnivoy”, “tentakvoy” kabi maʼnolarda ishlatiladi.
Примеры
- Devonadan oy boshi soʻrama. — Maqol.
- Bechora.. oʻgʻlining qatlidan keyin devona boʻlib qolibdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hoʻkizmandesa indamang, devonaga eʼtiroz bildirib boʻlmaydur. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Yo huv, yo man huv, pirim Naqshband devona qoʻllasinlar, — deb [qalandar] laʼlini olib borib, chosh boshida choʻkkalab oʻtirgan imomning oldiga qoʻydi. — S. Ayniy — Qullar.
- Ey dilrabo, ishqing bilan devona boʻldim sogʻinib. Bulbul kabi tun kechalar giryona boʻldim sogʻinib. — Hamza.
- Dayli yorimdan ayrilib Devona boʻldim, naylayin. — "Tohir va Zuhra".
- Oʻzin afsun etib, boʻldi afsona, Devon bitolmasdan boʻldi devona. — Gazetadan.
- Devona ham xurjunini bir yoʻqotadi. — Maqol.
- Begona tuproq – devona tuproq. — Maqol.
- Doʻstlar, bechora, qashshoq, qambagʻal devonaman. Nay chalib, har yerda oʻqirman gʻazal, devonaman. — Muqimiy.
- Himmat qilib, shu devona bolaning yoʻliga sadaqa qilishlaringizni soʻrayman. — "Guldasta".
- Devona boʻldingmi? — dedi Safar choʻtir rangi oqarib. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Pul yoʻq, devona, piyoda joʻnaysanmi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
Этимология
fors. – telba, aqlsiz
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0