Толковый словарь
dim
дим
Значения
- I 1 Shamolsiz, shabadasiz va na-fasni qaytaradigan darajada issiq.
- Havosi yetishmaydigan, havosi buzil-gan; ogʻir, boʻgʻiq.
- Ichi havo bilan toʻlib qolgan, ichiga havo yigʻilgan.
Примеры
- Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab oʻrilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Jazirama issiqdan hammayoq dim boʻlib ketgan. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Oʻtov dim boʻlgani uchun Yusufjon ancha vaqtgacha uxlay olmaydi. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Hammomdagiday gup etib, yuzimga dim havo urildi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Dim xonada qasqonga tushgandek aʼzoyi badanimdan ter quyiladi. — "Guldasta".
- Oshnam, toshdek ogʻir, puf-langan meshdek dimsan. Bir kun paqqa yorilib, oʻligingga ega boʻlmasalar, shu. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0