Толковый словарь
doira
доира
Значения
- geom. Tekislikning aylana bilan oʻralgan yuzasi; toʻgarak.
- Doira chizmoq 1) toʻgarak chiziq chizmoq.
- Belgili bir chegara, aniq bir hudud ichidagi joy.
- Biror ish-harakat, qonun-qoida va sh. k. davom etishi, joriy boʻlishi, tar-qalishi ehtimol boʻlgan belgili hudud, joy.
- Chegara, chek, ramka.
- Belgili bir soha, kasb yoki tabaqa va sh. k. ahli; kishilar yigʻindisi, uyushmasi.
- edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Примеры
- Yarim doira. Doi-raning yuzi. n
- Kuchli shamol yuzlab kilo-metrli ulkan doira boʻylab yeladi.. — "Fan va turmush".
- Skameykalar doira shaklida qoʻyib chiqildi. — S. Ahmad — Ufq.
- Keng dalada doira yasab oʻtirgan odamlar orasidagi deyarli hamma yigitlarning koʻzi Badiaga.. qara-tilgan edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Maktab-ning ochiq darvozasidan koʻkish taksi kirib keldi-yu, yarim doira qilib aylanib toʻxtadi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Toshkent xaritasining bir qancha yeriga yoʻgʻon qizil qalam bilan doiralar chizilgan edi. H. Gʻulom, Toshkentliklar; 2) doira shaklida aylanmoq, davra olib yurmoq yoki uchmoq.
- Juda balandda, xuddi koʻk gum-bazining ostida, qandaydir kattakon bir qush qanotlarini boricha yozib, asta doira chizmoqda. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Qilich yalan-gʻochlaganlar orqasida doira yasab otliqlar ham turardi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Shahar doirasida. n
- Adabiyotda umr boʻyi tutab yurgan yozuvchi hech qachon oʻz mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin oʻzini klassik hisoblaydi. — K. Qahhorova — Chorak asr hamnafas.
- Front doirasidagi shaharlardan koʻchirib keltirilayotgan odamlarni joylashtirishga tayyorgarlik koʻrish lozim edi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- ..bola tarbiyasi, uning axloq-odobini faqat oila doirasiga bogʻlab qoʻysak, roʻy bergan hozirgi yangi sharoitga toʻgʻri kelmaydi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Insof doi-rasi. Fikr doirasi. Taʼsir doirasi. n
- Kamina adab doirasidan zarracha chiqmagan boʻlsa kerak. — Oybek — Navoiy.
- Fargʻonadagi kengash Umidning dunyoqarash doirasini ancha kengaytirdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Yuqori doiralar. Xabardor doiralar. Jurnalistlar doirasi. shsh Gulandom bunday turmushdan nafrat qilar, bu iflos doiradan, fahsh uyasidan qutulishni istar..
- ..mavlono Behzod chizgan Alisher Navoiy va Husayn Boy-qaro tasvirlari rasmiy doiralarda shuhrat topgan edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0